Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet149/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

5.1.5- rasm. Studiyali videokonferensiyalarining qurilmalari.

Konferensiyada qatnashadigan xamma terminallar videokonferensiya resurslarni boshqaradigan, ovoz va video qayta ishlash bo‘yicha terminallar imkoniyatlarni moslashadigan, ko‘p adreslar bo‘yicha yo‘naltirish kerak bo‘lgan audio va videooqimlarni aniqlaydigan server bilan ulanishni o‘rnatadi.


Agar bir nechta filiallar bilan real vaqt rejimida faqat buyruqlarni uzatish va hisobotlarni qabul qilish uchun videokonferensaloqani ishlatish kerak bo‘lsa, bu maqsad uchun «nuqta nuqta» turdagi konferensiya mos keladi, demak xar bitta filial va bosh ofisni mahsus terminal bilan ta’minlab berish yetadi. Xamma filiallarning qatnashuvchilari bilan majlisni tashkil qilish uchun ko‘pnuqtali videokonferensiya talab qilinadi.
Ko‘pnuqtali aloqa seanslari ikkita asosiy rejimlarda o‘tkazilishi mumkin: ovoz bo‘yicha aktivatsiyasi – bu rejimda seansning xamma
qatnashuvchilari gapiradigan odamni ko‘radi, gapiradigan odam esa oldingi odamni xam ko‘radi (kamerani o‘tkazishi vaqtning real rejimida gapiradigan odamga amalga oshiriladi); doimiy borligi – xar bitta qatnashuvchiga ekranga bir nechta qatnashuvchilardan rasm qabul qilinadi. Bunda ekran bir nechta qismlarga bo‘linadi 2 dan 16 gacha. Agar qatnashuvchilarga nisbatan qismlar kam bo‘lsa, bulardan bittasi
«ovoz bo‘yicha» rejimida ishlashi mumkin.
Ikkalasi rejimlarda videokonferensiya administratori tomonidan terminallarni ulash va uzish, aktiv terminalni tanlash «asosiy nazorati» amalga oshirilishi mumkin. Zaruriyat paytida shu jarayonga istalgan paytida kirish imkoniyati bilan administratsiya avtomatik rejimini ulash mumkin.


      1. Videokonferensiyalarni tashkil qilish – H.32x standartning protokollari


1990 yilida videokonferensiya sohasida birinchi halqaro standarti chiqqan edi – ISDN bo‘yicha videokonferensiyalarni quvvatlash uchun
H.320 spesifikatsiyasi. Undan keyin ITU videokonferensiyalarga tegishli bo‘lgan bir nechta seriyali tavsifnomalarni qabul qildi. Bu seriyadagi tavsifnomalari, H.32x bilan nomlanib, H.320 dan tashqari, xar xil tarmoqlar uchun kerak bo‘lgan H.321 – H.324 standartlarni o‘z ichiga oladi.
90-yillarning ikkinchi yarmida IP tarmoqlar va Internet rivojlanishi boshlagan. Ular ma’lumotlar uzatish iqtisodiy muhitga aylandilar va xamma joyda ishlatilishi boshlagan edi. Lekin ISDNga qaraganda IP tarmoqlar audio va video oqimlarni uzatish uchun yomon moslangan edi. IP tarmoqlarning bor strukturani ishlatish maqsadida 1996 yilda H.323 standartini paydo bo‘lishiga olib kelindi. (Visual Telephone Systemsand Terminal Equipment for Local Area Network swhich Providea Non- Guaranteed Quality of Service, kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatish bilan lokal tarmoqlar uchun videotelefonlar va terminal qurilmalari). 1998 yilda
H.323 v.2 (Packet-based multimedia communication systems, paketlar kommutatsiya bilan tarmoqlar uchun multimedia aloqa tizimlari) standartning ikiinchi versiyasi chiqdi, 1999 yilda tavsifnomalarning uchinchi versiyasi, 2001 yilda H.323 standartning to‘rtinchi versiyasi qabul qilindi. Hozir H.323– bu seriyaning muhim standartlarning biri hisoblanadi. H.323–bu kafolatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab bermaydigan (QoS) hisoblash tarmoqlarda multimedia ilovalar uchun
ITU-T tavsifnomalari. Bunday tarmoqlar Ethernet, Fast Ethernet va Token Ring bazasida IP va IPX paketli kommutatsiya tarmoqlar o‘z ichiga oladi.
H.323 tavsifnomalari ta’minlab beradi:

  • O‘tkazish polosani boshqarish;

  • Tarmoqlararo konferensiyalarni tashkil qilish imkoniyati;

  • Platformali mustaqilligi;

  • Ko‘pnuqtali konferensiyalarni quvvatlash;

  • Ko‘padresli uzatishni quvvatlash;

  • Kodeklar uchun standartlari;

  • Moslashish va ixchamligi.

O‘tkazish polosani boshqarish. Audio va video axborotlarni uzatish aloqa kanallarni ko‘p yuklatadi, agar yuklama oshirishini kuzatmasa, muxim tarmoq servislarning ishi buzilishi mumkin.Shuning uchun
H.323 tavsifnomalari o‘tkazish polosani boshqarishni ta’minlab beradi.
H.323 xamma ilovalar uchun bir vaqtli ulanish sonlarni va umumiy o‘tkazish polosani chegaralash mumkin. Bu chegaralar boshqa tarmoq ilovalar ishi uchun kerak bo‘lgan resurslarni saqlashni yordam beradi.
H.323 xar bitta terminali konferensiyaning aniq sessiyada o‘zini o‘tkazish polosani boshqarish mumkin.
Tarmoqlararo konferensiyalarni tashkil qilish imkoniyati. H.323 tavsifnomalari xar xil turdagi tarmoqlarda (masalan, IP va ISDN, IP va PSTN) videokonferensiya qatnashuvchilarni ulash vositasini taqdim etadi.
H.32x standart protokollarning asosiy xarakteristikalari 5.1.1- jadvalida keltirilgan.

Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling