Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Nutqni paketli uzatish tamoyillari


Download 7.57 Mb.
bet170/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Nutqni paketli uzatish tamoyillari. IP-telefoniya ajratilgan virtual kanal bo‘yicha IP-tarmoq orqali telefon aloqani o‘rnatish imkonini beradi. Ko‘pincha IP-tarmoq sifatida Internetdan foydalaniladi. IP- telefoniyaning asosiy prinsipi IP-tarmoq bo‘ylab keyinchalik paketlashtirish va uzatish bilan ovozni raqamlash va kompressiyalashni (odatda G711, G729, G729a) yoki G723.1) o‘z ichiga oladi.
Aloqani tashkil etish uchun IP-telefon yoki oddiy telefonli maxsus dasturiy ta’minotli kompyuterdan foydalanish mumkin.
IP (Internet Protocol) tarmoqning barcha qismlarida qo‘llaniladi. U past tezlikdagi kirish kanallari va yuqori tezlikdagi liniyalar uchun ham moslashgan. IPtexnologiyalari barcha turdagi jo‘natmalarni bir qatorga birlashtiradi. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali telefon
so‘zlashuvlarini tashkil etishning samarali usuli, IP texnologiyasining ilovalaridan biri bo‘lgan IP- telefoniya hisoblanadi. U eng iqtisodiy tomondan foydali usul bo‘lib, uning asosida foydalanuvchiga telefon so‘zlashuvlar uchun sezilarli kam bo‘lgan harajatlarni talab etuvchi telefon xizmatlari taklif etiladi.
IP ga asoslangan tarmoqlarda barcha ma’lumotlar: ovoz, matn, video, kompyuter dasturlari yoki boshqa turdagi barcha axborotlar paketlar ko‘rinishida uzatiladi. Ushbu tarmoqdagi barcha kompyuter va terminallar o‘ziningnoyob manziliga ega. Uzatiladigan paketlar mazkur sarlovhada ko‘rsatilgan manzil asosida qabul qiluvchiga jo‘natiladi. Ma’lumotlar bir vaqtning o‘zida ko‘pgina foydalanuvchilarga bitta shu tarmoq orqali uzatilishi mumkin. IP tarmoqda muommolar yuzaga kelsa, shikastlangan joyni ma’lumotlar aylanib o‘tishi mumkin. Bunda IP protokoli signalizatsiya uchun kanal ajratilishini talab etmaydi.
IP tarmoq orqali ovozlarni uzatish jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
Birinchi bosqichda ovoz raqamlanadi. Keyin raqamlangan ma’lumotlar ma’lumotlarning fizik hajmini kamaytirish maqsadida tahlil etiladi va qayta ishlanadi. Odatda shu bosqichda ortiqcha tanaffuslar va tovush shovqinlari yo‘qotiladi hamda jipslashtiriladi.
Navbatdagi bosqichda qabul qilingan ma’lumotlar ketma-ketligi paketlarga bo‘linadi va unga qabul qiluvchining manzil-axborot protokoli hamda xatolarni tuzatishga doir qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shiladi. Shu vaqtda paketni bevosita tarmoqga uzatilishidan avval uning tashkil topishi uchun kerakli miqdordagi ma’lumotlarni vaqtincha to‘planishi yuz beradi.
Qabul qilingan paketlardan axborotlarni ajratib olish ham bir necha bosqichlardan iborat.Ovoz paketlari qabul qiluvchi terminalga yetib kelgach, avval uning ketma-ketlik tartibi tekshiriladi. IP tarmoq yetkazish muddatini kafolatlamaydi, tartib raqami yuqori bo‘lgan paketlar avvalroq borishi va ular orasidagi intervallar ham o‘zgarib turishi mumkin. Dastlabki ketma-ketlikni va sinxronlashtirishni tiklash uchun paketlarni vaqtincha to‘planishi yuz beradi. Lekin ba’zi paketlar uzatish davrida yo‘qotilishi yoki jo‘natilishiga ajratilgan vaqtdan o‘tishi mumkin. Odatda qabul qiluvchi terminali yo‘qolgan yoki kechikkan paketlarni qayta so‘rashi mumkin. Ovozlarni uzatish usuli ushlanishlarga tanqidiy qaraydi. Bunday holda olingan paketlar asosida yo‘qolganlarni taxminan tiklaydigan approksimatsiya algoritmi yoqiladi yoki bu yo‘qolishlar e’tiborga olinmasdan, bo‘shliqlardagi ma’lumotlar bilan
tasodifiy ravishda to‘ldiriladi. Bunday shakldagi ma’lumotlar ketma-ket dekompressiyalanadi va qabul qiluvchiga ovoz axborotlarini tashuvchi audio-signalga bevosita aylantiradi. Shunga asoslanib, qabul qilingan axborot dastlabki vaziyatdagi axborotga mos kelmasligi mumkinligini ta’kidlash lozim.
IP telefoniya tuzilmasi - paketli kommutatsiya tarmog‘ida multimediani amalga oshirishga mo‘ljallangan terminal qurilma, jihozlar va tarmoq xizmatlari tasvirini o‘z ichiga olgan. N323 standartidagi terminal qurilmasi va tarmoq jihozlari mavjud vaqt ko‘lamida ma’lumotlarni, so‘zlarni va video axborotlarni uzatishi mumkin. N.323 terminali shaxsiy kompyuterlar bilan ulanishi yoki avtonom qurilma sifatida amalga oshirilishi mumkin. So‘z almashinuv ta’minoti – N.323 standartidagi qurilma uchun majburiy vazifadir.
N.323 tavsiyasida 4 ta birikma keltirilgan:

    • terminal;

    • makon nazoratchisi (Gatekeeper);

    • yo‘lak;

    • ko‘p nuqtali konferensiyalarni boshqarish qurilmasi.

Sanab o‘tilgan barcha birikmalar N.323 deb nomlanuvchi makonni tashkil etgan. Ular bitta makon nazoratchi va bir necha yakun nuqtalaridan iborat bo‘lib, nazoratchi makondagi barcha yakun nuqtalarini boshqaradi. IP telefoniya xizmatini taklif etuvchi barcha tarmoq yoki uning bir mintaqani qamrab olgan qismi makon bo‘lishi mumkin. N.323 terminali boshqa N.323 terminallar, yo‘lak yoki ko‘p nuqtali konferensiyalarning qurilmasi bilan birga harakat qilib, mavjud vaqt ko‘lamida jo‘natmalarni uzatishi va qabul qilishi mumkin bo‘lgan tarmoqdagi yakun nuqtalar sifatida gavdalanadi. Yuqoridagi vazifalarni ta’minlash uchun terminal o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

    • audio qurilmalar (mikrofon, akustika tizimi, telefon miksheri, akustik exolarni pasaytirish tizimi);

    • video qurilmalar (monitor, videokamera);

    • tarmoq interfeys qurilmasi;

    • foydalanuvchi interfeysi.

N.323 terminali N.245, Q.931, RAS, RTP va N.450 protokollar oilasini ta’minlashi hamda G.711 audio kodlashni qo‘llashi lozim. Ovozlarni an’anaviy kommutatsiya kanallari va tarmoqlari o‘rniga IP tarmog‘i orqali uzatish texnologiyasi, yo‘laklar o‘rnatish orqali konfiguratsiyani inobatga oladi. Yo‘lak axborotni jipslaydi, IP paketga aylantiradi, IP tarmoqqa yuboradi, qarama-qarshi tomondagi yo‘lak aks
harakatlarni amalga oshiradi, ya’ni chaqiriq paketlarini o‘qiydi va taqsimlaydi. Natijada oddiy telefon apparati chaqirishni hech bir muammossiz qabul qiladi. Axborotlarni bunday o‘zga tus olishi, dastlabki ovoz signalini ortiqcha yubortirmasligi kerak, uzatish rejimi mavjud vaqt ko‘lamida abonentlar o‘rtasidagi axborot almashinuvini saqlab qolishi kerak. Yo‘laklarning asosiy vazifalari:

  • IP va telefon tarmoqlari o‘rtasida fizik interfeysni amalga oshirish;

  • abonent signalini shakllantirish va o‘rnatish;

  • abonentlarni bog‘lash;

  • abonent signallarini ma’lumotlar paketiga aylantirish va yana qaytarish;

  • signal va ovoz paketlarini tarmoq orqali uzatish;

  • aloqani uzish.

TCP/IP tuzilmasi doirasida yo‘lak vazifalarining asosiy qismi qo‘llanish o‘lchami jarayonida amalga oshiriladi. Chaqiriqlarni boshqarish vazifasini makon nazoratchisi boshqaradi. Makon nazoratchisining vazifalari:

Makon nazoratchisi yuqorida sanab o‘tilgan barcha vazifalarni faqat o‘zida ro‘yxatga olingan terminal, yo‘lak va boshqaruv qurilmalariga nisbatan amalga oshiradi. Makon nazoratchisi oson esda qoladigan, qo‘yilgan nomlardan foydalanish imkonini berib, chaqiruvni soddalashtiradi. Makon nazoratchisi vazifalari yo‘laklarga kiritilishi mumkin.
Konferensiyalarni boshqarish serveri (MCU – Multipoint Control Unit) uch va undan ortiq N.323 terminallari aloqasini ta’minlaydi. Konferensiyada ishtirok etayotgan barcha terminallar MCU bilan bog‘lanish o‘rnatadi. Server ko‘pgina manzillarga yo‘llanilishi kerak bo‘lgan konferensiya zahiralarini boshqaradi, ovoz, videoni ko‘rib chiqadi, audio va video oqimni aniqlaydi. N.323 tuzilmasi doirasida ko‘p nuqtali konferensiyalarni boshqarish tizimi o‘rnatilishi bo‘yicha ikkita yondoshuv bor:

  1. Ko‘p nuqtali konferensiyani markazlashgan holda boshqarish;

  2. Ko‘p nuqtali konferensiyalarni markazlashmagan holda boshqarish.

Birinchi guruh konferensiyaning barcha ishtirokchilari boshqalariga ko‘p manzilli (guruhli) axborotlarni uzatadilar. Bu tarmoqning ba’zi sigmentlarida jo‘natmalarni to‘planib qolishining oldini olish imkonini beradi. Lekin bunday konferensiyani boshqarish noqulaylik yaratadi. Markazlashgan usul qo‘llanilgan yakuniy bo‘g‘inlar signallarni MCU tizimida uzatadi. Bu esa uning uzatilishini ta’minlaydi.

Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling