Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
Plezioxronli raqamli iyerarxiya (Plesiochronous Digital Hierarchy, PDH) texnologiyasi 60 yillar oxirida AT&T kompaniyasi tomonidan telefon tarmoqlarining katta kommutatorlarini oʻzaro ulash uchun yaratilgan. Bungachan ishlatilgan chastotali multipleksirlashli analog aloqa yoʻllari bitta kabel boʻyicha koʻp kanalli yuqori tezlikda va yuqori sifatli uzatishning oʻz imkoniyatlarini ishlatib boʻlgan edilar. Telekommunikatsion va telefon tarmoqlarida PDH texnologiyasiga oʻtish yangi davr boshlanganligini bildiradi – raqamli kommunikatsiyalar davri. Abonent uchun bu oraliqdagi kommutatorlardan oʻtishi davomida yomonlashmaydigan yuqori sifatli tovush ekanligini bildirar edi, analog tarmoqlarda esa yomonlashar edi. Bu operatorlarga, sekundiga birdan to yuzlab megabitlab keng oraliqdagi moslashuvchan ishonchli kanal vositalarini paydo boʻlganini bildirar edi.
T-1 multipleksorini yaratilishi bilan PDH texnologiyasining boshlanishiga qadam qoʻyildi, u raqamli koʻrinishda multipleksirlashga, 24 abonentning tovushli trafigini uzatish va kommutatsiyalashga imkon bergan. Chunki abonent avvalgidek odatdagi telefon apparatidan foydalanar edi, yani tovushni uzatish analog koʻrinishda boʻlgan, T-1 multipleksorlarining oʻzi tovushni 8000 Gs chastota bilan raqamlashtirishni amalga oshirgan va shu bilan u abonentni 64 Kbayt/s tezlikda axborotlarni uzatishning elementar raqamli kanalini yaratgan. qurilmasida sinxron vaqt boʻyicha multipleksirlash texnikasi ishlatiladi. Vaqt boʻyicha multipleksirlash (Time Division Multiplexing, TDM) tamoili shundan iboratki, unda kanalga ulanishning xar biriga maʻlum vaqt oraligʻini ajratishdan iborat va u koʻp texnologiyalarda ishlatiladi. Vaqt boʻyicha multipleksirlashning ikki turi mavjut: asinxron va sinxron. Asinxron ish tartibli TDM paketlarni kommutatsiyalash tarmogʻida ishlatiladi. Xar bir paket kanalni oxirgi nuqtalarigachan uzatishga zarur boʻlgan maʻlum vaqt band qiladi. Turli axborot oqimlari oʻrtasida sinxronlash yoʻq, xar bir foydalanuvchi axborot uzatishga zarurat xosil boʻlgan vaqtda kanalni band qilishga xarakat qiladi. Sinxron ish tartibli TDM (TDM qisqartmasi ishlatilganda ish tartibini aytib oʻtilmasa, u xolda xar doim TDM sinxron ish tartibili boʻladi) kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlarida oʻz tadbiqini topadi, ularga PDH tarmoqlari xam kiradi. Bu xolda barcha axborot oqimlari kanalga ega boʻlishini sinxronlash quyidagicha amalga oshiriladi, xar bir axborot oqimi davriy ravishda kanalni oʻz ixtiyoriga maʻlum belgilangan oraliqdagi vaqtga oladi. TDM qurilmalarini sinxronlash qurilmaning ishlash siklida kadrni vaqtdagi holatini boradigan manzili sifatida ishlatishga imkon beradi – shu jihati bilan TDM tarmoqlari paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlaridan farqlanib turadi. Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarida paketni joʻnatiladigan manzili kadrda aniq koʻrsatilishi kerak boʻladi. TDM tarmoq qurilmalari – multipleksorlar va kommutatorlar – vaqtboʻyicha taqsimlangan ish tartibida oʻzining ishlash sikli davomida barcha abonent kanallariga navbat bilan xizmat koʻrsatish orqali ishlaydilar. Ish sikli 125 mks, bu raqamli abonent kanalida oʻlchangan tovushning kelish davriga mos keladi. Demak, multipleksor yoki kommutator xar qanday abonent kanaliga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatib va uni navbatdagi oʻlchamini tarmoq boʻylab uzatib ulguradi. Xar bir ulanishga qurilmaning ishlash sikl vaqtining bir kvanti ajratiladi, uni shuningdek taym-slot xam deb ataladi. Taym-slot davri (davomiyligi) multipleksor yoki kommutator tomonidan xizmat koʻrsatiladigan abonent kanallari soniga bogʻliq. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling