Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet34/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Ichki modem qurilma ichki platasining raz’yoniga quyiladigan plata ko`rinishga ega, masalan, kompyuter tizimi platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ - 11 tipidagi yevrorazyomga ham ega.
Tashqi modem – bu odatda katta bo`lmagan quticha ko`riiishdagi mustaqil konstruksya bo`lib, u manba — bloki, apparaturaga (kompyuterni ketma-ket portiga – RS - 232) va telefon kanaliga (RJ –
11 raz’yomi) ulash uchun raz’yomlar va indikatorli panel bilan jihozlangan.
Yana shuni inobatga olish kerakki, tashqi faks – modemlar ikkita sinfga bo`linadi:

  1. sinf. Faksimil aloqani ta’minlash dasturi bilan faksinil xabarlarni kompyuter tomonidan qabul qilish va uzatish bo`yicha asosiy ishni bajarishni nazarda tutadi.

  2. sinf. Fakslarni uzatish va qabul qilishning hamma jarayonlarini modemning o`zning vositalari bilan amalga oshiradi; tabiiyki, 2-sinf modemlari bir necha marta qimmatroq, lekin ular birmuncha ayniqsa, ko`p masalali operasiya tizim bilan ishlaganda samaraliroqdir.

Ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi — bu ma’lumotlar shaklini va ularning aloqa kanalida uzatish jarayonlarini reglamentlovchi (tartiblovchi) qoidalar to`plamidir. Bayonnomada, xususan, quyidagilar ko`rsatilishi mumkin: ma’lumotlar qanday tasvirlanadi, ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya qilish maqsadida qanday modulyatsiya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish, kanalda amaldagi shovqinlarni bartaraf etish va ma’lumotlarni uzatishning ishonchliligini ta’minlash qanday bajariladi. Standart odatda o`z ichiga bayonnomalar to`plamini oladi, kam hollarda bitta bayonnomani oladi.





      1. Modemni kompyuterga ulash tartibi

Nazorat uchun savollar:





  1. Elektromagnit spektr nima?

  2. Axborot uzatish muhiti haqida nimalarni bilasiz?

  3. Analogli toʻlqinning asosiy xarakteristikalari nimalardan iborat?

  4. Qanday kabel turlarini bilasiz?

  5. Nima uchun buralma juft tipidagi kabel eng koʻp tarqalgan?

  6. Optik tolali kabel qanday afzalliklarga ega?

  7. Nima uchun optik tolali kabel toʻgʻri burchak ostida bukilmasligi kerak?

  8. Mikrotoʻlqinlar qanday chastotada ishlay oladi? Optik tolali kabellarchi?

  9. Uzatishning asosiy parametrlari nimalardan iborat?

  10. Maʻlumotni paralel uzatish qanday kamchilik va afzalliklarga ega?

  11. Simpleks uzatish usuliga misol keltiring.

  12. Nima uchun toʻliq dupleks uzatish eng yaxshi hisoblanadi?

  13. Paketlar kommutasiyasi nima va u qanday roʻy beradi?

  14. Multipleksor, kontsentrator va FEP qurilmalari haqida maʻlumot bering.

  15. Maʻlumotlar havolasi nima?

  16. Modem va uning ishlash tamoyillari?

Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling