Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari olami juda tez rivojlanmoqda. Bugungi kunda Internet va uning xizmatlari maʻlumotlarni uzatish hamda qabul qilish tarmogʻi sifatida odatiy hayot turmush tarzi boʻlib qolgan. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat rivojlanishi va oʻzgarishiga taʻsir etuvchi omillardan biri boʻlib, ularni qoʻllash ilm-fan, biznes va boshqa sohalarda yutuqlarga erishish imkon beradi, insoniyatning axborotlar resurslariga boʻlgan ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qoniqtirishini taʻminlaydi. Uning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu kompyuter tarmoqlaridir. Kompyuter tarmoqlari haqida quyidagi taʻriflarni keltirib oʻtamiz:
Kompyuter tarmogʻi (Computer NetWork, net–tarmoq, va work– ish) – bu kompyuterlar oʻrtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.
Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan koʻproq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga uzatish muhiti yordamida oʻzaro bogʻlangan tarmoqdir.
Kompyuter (hisoblash) tarmogʻi – aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar toʻplami boʻlib, u koʻp mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmogʻi "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan boʻladi.
Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni isteʻmol qiluvchi ob`ektdir.
Stansiya – axborot uzatish va qabul qilish bilan bogʻliq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.
Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari boʻlishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.
Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning oʻzaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud boʻlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |