Ishlab chiqarish, tashkilot miqyosi boʻyicha tarmoqlar quyidacha farqlanadi:
Boʻlimlar tamogʻi;
Kampuslar tarmogʻi;
Tashkilot, kompaniya tarmoqlari.
Koorporativ tarmoq asosan ma’lum korxonaning o‘zi va uning xodimlariga xizmat ko‘rsatib, o‘z tarmog‘iga egalik qiladi. Korporativ tarmoq har – xil o‘lchovlik bo‘lib katta korxona tarmog‘ida o‘z lokal tarmog‘i va global tarmoq bilan ulangan bo‘lishi mumkin.
Korporativ tarmoq 3 turga bo‘linadi – bo‘lim tarmog‘i, bino yoki kampus tarmog‘i, korxona kengligidagi tarmoq.
Bo‘lim tarmog‘i – bu tarmoq solishtirganda katta bo‘lmagan xizmatchilar guruhi bo‘lib, korxonaning bir bo‘limda ishlovchi va umumiy vazifani (hisobxona, marketing) bajaruvchilardir. Odatda xizmatchilar soni 30 dan oshmagan bo‘lib, bunday lokal tarmoqda umumiy ma’lumotlardan foydalaniladi: ma’lumotlar, ilovalar, modem va lazerli printerlardir.
Bino tarmog‘i – korxonaning har – xil bo‘limlarini bir korxona va binolar chegarasida umumlashtiruvchi tarmoqdir. Kampus tarmog‘i – bir hududda bir necha kv/km maydonni egallab, tarmoq irearxiya asosida o‘zining magistr kanallariga ega bo‘ladi.
Korxonaning asosiy vazifasi tarmoq kesimida informatsion xizmatlarni ko‘rsatish hisoblanadi. Aloqa operator tarmog‘i informatsion xizmatlarni ko‘rsatmasligi mumkin, sababi foydalanuvchilarning kompyuterlari operatorning xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida bo‘lganligi uchun.
Korxonaning tarmoq o‘lchami infokommunikatsiya misolida bo‘lib, u telekommunikatsiya muhitida «orolcha» lokal tarmoq hisoblanadi. Foydalanuvchilar va ularning kompyuterlari minglab bo‘lishi, serverlar soni yuzlab bo‘lishi mumkin. Bularning ajralib turadigan hususiyatlari:
Katta masofa – uzoqda joylashgan LAN va kompyuterni ulash uchun har – xil telekommunikatsiya vositalari qo‘llaniladi – birlamchi tarmoq kanallari soni , radiokanallar, sun’iy yo‘ldosh aloqasi.
Yuqori darajadagi har xilligi (getrogennost) – har xil turdagi kompyuterlar (Main Fraim to PC)OS larning har xil ilovalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |