Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paketli kommutatsiya
2.2.2- rasm. Kadrlar qoʻyilishini koʻp bosqichliligi.
Har bir keyingi joylashtirilayotgan kadr oʻzining shaxsiy xizmatchi axborotiga bogʻlanishi mumkin, axborotgacha (sarlavha) joylashgan va axborotdan keyin joylashgan (treyler), aytgancha uning vazifasi turlicha boʻlishi mumkin. Tabiiyki har bir bosqichdan soʻng paketdagi xizmatchi axborotlar nisbati oshib boradi. Bu esa maʻlumki axborot uzatishning unumli tezligini kamaytiradi. Yaxshisi bu tezlikni oshirish uchun axborot almashinuv protokollari iloji boricha oddiy boʻlishi lozim va bu protokollar bosqichi esa iloji boricha kam boʻlishi kerak. Aks holda hech qanday bitlar uzatish tezligiga yordam bera olmaydi va tez uzatish tarmogʻi, misol uchun, tarmoq oddiy protokoldan foydalansa qandaydir faylni sekin ishlovchi tarmoqdan ham sekinroq uzatishi mumkin. Kompyuter tarmoqlarda katta hajmli xabarlar kichik fragmentlarga paketlarga bo‘linadi. Uzatish paytida paket ketma ket aloqa liniyalar va marshrutizatorlar orqali o‘tadi. Marshrutizatorlar oraliq saqlash bilan uzatish mexanizmni ishlatadi paket avval to‘liq qabul qilinadi va buferga yoziladi, keyin aloqa liniyaga uzatiladi (2.2.3.- rasm). Marshrutizatorlarda yig‘ish o‘shlanishi paydo bo‘ladi, u paket uzunligiga proporsional: [8] Tzn=L/R bu yerda L – paket uzunligi bit, R – chiqish aloqa liniyaning tezligi bit/s2.2.3-rasm. Paketli kommutatsiyada paketlarni yig‘ish va o‘tkazish. Marshrutizator chiqish va kirish aloqa liniyalarga ega. Xar bitta aloqa liniya cheklangan razmerga ega bo‘lgan buferga (chiqish navbati) ega. Bufer razmeri cheklangani uchun, shunday holat paydo bo‘lish mumkin, yangi paketni joylashish uchun buferda joy yetishmasligi mumkin. Bu xolatda paket yo‘qotiladi yoki yangi paket, yoki navbatda turgan paket yo‘qotiladi. Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoq strukturani ko‘rib chiqamiz (2.2.4-rasm.). A,B xostlari E xostiga birgalikda paketlarni jo‘natadi, A va B xostlarning birinchi marshrutizator bilan aloqasi 10Mbit/s `tezligi bilan Ethernet aloqa liniyasi bilan amalga oshiriladi. Marshrutizator aloqa liniyaga paketlarni 1,5Mbit/s tezligi bilan yuboradi. Agar aloqa liniya yuklangan bo‘lsa paketlar uni bo‘shatishni navbatda kutib turadilar. Agar A va B birdan paketlarni yuborsa, nima bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Xostlar o‘rtasida sinxronizatsiya yo‘q, paketlarni uzatish tartibini oldindan aytib bo‘lmaydi, bu usul statik multipleksorlash deb aytiladi. Xostlar o‘rtasida paketlar uzatish vaqti qo‘yidagisiga teng: Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling