§ 2.2. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo’llanilishi
Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikalari.
Tarmoqda uzatuvchi va qabul qiluvchi abonentlar oʻrtasidagi axborot almashinishi jarayonida oʻrnatilgan tartibda axborot va boshqarish paketlarini almashinuvi roʻy beradi, bu jarayon almashinuv protokoli deb ataladi. Oddiy protokol 2.2.1- rasmda keltirilgan. Bu holatda, aloqa vaqti, qabul qilish qurilmasini axborotni olishga tayyorligini soʻrash bilan boshlanadi.
Qabul qilish qurilmasi tayyor boʻlgan holda «tayyor» boshqarish paketini javob tariqasida qaytaradi. Agarda qabul qilish qurilmasi aloqaga tayyor boʻlmasa rad javobini boshqa boshqarish paketi orqali joʻnatadi. Shundan soʻng, aslida axborot uzatish boshlanadi. Bu vaqtda har bir qabul qilingan axborot paketiga qabul qiluvchi qurilma, axborot olinganligi haqida tasdiqlash paketi bilan javob beradi. Paket xatolik bilan uzatilgan holda, qabul qilish qurilmasi qaytadan axborot uzatishini soʻraydi. Axborot almashinuv vaqti boshqarish paketi bilan tugaydi, soʻng uzatish qurilmasi aloqa uzulganlik haqida xabar beradi. Koʻp standart paketlar mavjud, axborot uzatishni tasdiqlash bilan (kafolatlangan paket uzatish), shuningdek, tasdiqsiz axborot uzatish (kafolatlanmagan paket uzatish) paket turlari bor.
Tarmoqdan aniq almashuv olib borilganda koʻp bosqichli paketlar ishlatiladi, ularning har birida kadr tuzilishi mavjud (oʻz manzillashi, oʻz boshqarish axboroti, oʻz axborotlar formati va hakozo). Yuqori bosqich protokollari fayl-server yoki ilovalar kabi tushunchalar bilan ish olib boradi. Boshqa ilovadan soʻralayotgan axborotlar tarmoq qurilma turi
haqida va aloqani boshqarish usuli haqida tushunchaga ham ega boʻlmasligi mumkin.
2.2.1- rasm. Aloqa vaqtida paketlarni almashishiga misol.
Yuqoriroq bosqich kadrlari uzatilayotgan paketning axborot maydoniga ketma-ket joylashadilar. (2.2.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |