Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet62/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Arduino IDE (Integral Development Environment) dasturiy taʻminoti C tilining AT komandalari asosida ishlovchi dasturiy taʻminot boʻlib, uning yordamida Arduino platformasi uchun dastur tuzishimiz mumkin. Shuningdek, Arduino IDE dasturiy taʻminoti asosida tuzilgan dasturni kompilyatsiya qilishga qulay boʻlib, birdaniga platformaga dasturni yuklash imkonini beradi.

2.2.22- rasm. Arduino UNO plarformasining tashkil etuvchilari


Buning uchun esa 2.2.21-rasmda koʻrsatilgan “A to B” kabeldan foydalaniladi. Arduino - Arduino platformasi AVR tipidagi mikrokontrollerlar asosida ishlaydi. Uning eng qulay jihati shuki, boshqa bir mikrokontroller ishlatilganda uning ehtiyojlari uchun kristall rezonator, kondensatorlar, programmator va qurilma elementlari ishlatiladi.




      1. Mikrotoʻlqin va sun’iy yuldosh tizimlari


Simli aloqa vositalari xali uzoq vaqt saqlanishi muqarrar. Birinchidan, optik tolali kabel orqali maʻlumot uzatish tezligi mikrotoʻlqin va yuldosh tizimiga nisbatan 10000 marta yuqori. Ikkinchidan, ulardan maʻlumotlarni “oʻgʻirlash” qiyinroq. Ammo, koʻpgina yangiliklar aynan shu simsiz kommunikasiyada roʻy beradi. Bundan tashqari, koʻpgina xollarda simli aloqani tashkil qilish juda qiyin.
Mikrotoʻlqin tizimlari maʻlumotni atmosfera orqali yuqori chastotali radiotoʻlqinlar shaklida uzatadi. Mikrotoʻlqin chastotasi 1 GGts va undan yuqori. Bu toʻlqinlarni uzatish va qabul qilish uchun maxsus antennalardan foydalaniladi. Bu antennalar tepaliklarda joylashtiriladi, chunki bu toʻlqin toʻgʻri chiziq boʻylab tarqaladi va to’siqlarni aylanib
oʻta olmaydi. Shuning uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi bir-biriga “qarab” turishi kerak [11].
Mikrotoʻlqinlarni uzatish va qabul qilishda yerdagi balandlikdagi stansiyalarni yaratish maʻlum qiyinchiliklarga olib keladi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun “uchar stantsiyalar” - yaʻni yoʻldoshlar yaratilgan. Fazodagi yoʻldosh va yerdagi antenna oʻrtasida toʻsiq boʻlmaydi va antenna balandlikda joylashishi xam shart emas. Odatda bu yoʻldoshlar 22300 milya (36800 km) balandlikda yer atrofida oʻz orbitalarida aylanishlari kerak. Baʻzi yangi tizimlarda ular pastroqda “joylashgan”. Ularning aylanish tezligi yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish tezligi bilan bir xilligi sababli ular yerga nisbatan “xarakatsiz”. Ular quyosh batareyalariga ega. Ular maʻlumotni bir antennadan qabul qilib boshqasiga uzatishga, shuningdek, xam raqamli, xam analogli signallarni uzatishga qodir.

      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling