Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet70/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Tarmoqni operatsion tizimi


Kompyuterning operatsion tizimi kompyuter resurslarini ( xotira, protsessor, tashqi qurilma, fayllar va boshqalar) samarali boshqarishni ta’minlovchi o‘zaro bog‘langan dasturlar tizimini anglatadi, shuningdek foydalanuvchiga Ilovalarni ishlab chiqish va kompyuter qurilmasida ishlash uchun qulay interfeysni taklif kiladi. Tarmoq OT haqida gapirilganda, biz boshqariluvchi resurslar chegarasini bir kompyuter chegarasidan kengaytirishimiz kerak.
Tarmoq operatsion tizimi - foydalanuvchilarga hamda ilovalarga lokal resurslarni boshqarishdan tashqari tarmoqdagi kompyuterlarning apparat va axborot resurslariga qulay hamda samarali kirish imkonini beradi.
Bugungi kunda barcha operatsion tizimlar tarmoqlidir. Tarmoq resurslaridan masofaviy foydalanish ta’minlanadi:

  • Tarmoq xizmatlari bilan;

  • Tarmoqdan xabarlarni yuborish vositasida (oddiy vaziyatda — tarmoq interfeys kartalari va ularning drayverlari).

Tarmoq xizmati OT orqali yoki ikki qism (klient va server) orqali, yoki ulardan biri orqali amalga oshiriladi.Birinchi holatda bir rangdagi (odnorangovaya) deb nomlanuvchi operatsion tizim, nafaqat boshqa kompyuterlar resurslariga murojaat qilish imkonini bildiradi, balki boshqa kompyuter foydalanuvchilariga o‘z resurslaridan foydalanishga
ruxsat beradi.Masalan, agar barcha tarmoq kompyuterlarida fayl xizmatiningham klient, ham serveri o‘rnatilgan bo‘lsa, barcha tarmoq foydalanuvchilari birgalikda bir-birining fayllarini qo‘llashi mumkin. Klient va server funksiyalarini mujassamlashtiruvchi kompyuterlar bir rangli deb nomlanadi.
Tarmoq xizmatining klient qismini o‘z ichiga olgan operatsion tizim klientlik deyiladi. Klientlik OTtarmoqning boshqa kompyuterlari resurslariga so‘rov bilan murojaat qiluvchi kompyuterlarga o‘rnatiladi. Ishchi stansiyalar deb nomlanuvchi bunday kompyuterlarda oddiy foydalanuvchilar ishlaydi.
Odatda ishchi stansiyalar nisbatan oddiy qurilmalar sinfiga kiradi.
Operatsion tizimning boshqa turiga server OT kiradi — u o‘z kompyuteri resurslariga tarmoqdan so‘rovlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan va asosan tarmoq xizmatlarining server qismlarini o‘z ichiga oladi. Boshqa kompyuter so‘rovlariga xizmat qiluvchi server OT o‘rnatilgan kompyuter tarmoqning ajralgan serveri deyiladi. Ajralgan serverda oddiy foydalanuvchilar odatda ishlamaydi.

Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling