Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
3.1.3-rasm. Lokal sath bilan ulangan har bir adapterda noyob manzil mavjud
LAN-manzillarning muhim xossalaridan biri shundaki, bir xil manzilli ikki adapterning bo‘lishi mumkin emas. Bu xayron qolarli ko‘rinishi mumkin, chunki tamoq adapterlari turli mamlakatlarda turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi..Tayvanda adapter ishlab chiqaruvchi kompaniya qanday qilib uning adapteri manzillari Belgiyadagi boshqa kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan adapterlar manzillaridan farq qilishini qanday kafolatlashi mumkin?Manzillarning fizik fazosini IEEE.instituti boshqaradi. Kompaniya adapter ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, u 224 manzillardan iborat manzillar fazosinining blokini sotib oladi. IEEE 224 manzillardan iborat blokni ajratadi. (fizik manzilning yuqori 24 bit ini qayd etgan holda va kompaniyalarga har bir adapterga quyi 24 razryadlardan noyob kombinatsiyalar yaratish imkonini bergan holda). Shunday qilib, adapterlarning LAN-manzillari yassi tuzilish hosil qiladilar (ierarxik tuzilishdan farqli ravishda) va adapterlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishida o‘zgarmaydilar. Ethernet-kartali mobil kompyuterda bu kompyuter qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar har doim bitta LAN-manzil bo‘ladi. IP-manzillar, aksincha, ierarxik tuzilishga ega bo‘lishini (ya’ni tarmoq va xostqismlarga bo‘linishini) vaxostning ko‘chishi vaqtida tugunning IP-manzili o‘zgarishi kerakligini eslaylik. Adapter kadrni o‘sha lokal tarmoqdagi boshqa adapterga jo‘natmoqchi bo‘lsa, uzatuvchi adapter kadrga lokal tarmoqdagi oluvchining manzilini joylashtiradi. Kadrni olib, qabul qiluvchi adapter undan deytagrammani chiqarib oladi va uni protokol steki orqali yuqoriga uzatadi. Bu lokal tarmoqning barcha boshqa adapterlari ham bu kadrni oladilar, biroq ular uni-tarmoq sathidagi deytagrammalarni protokol steki bo‘yicha yuqoriga uzatmasdantashlab yuboradilar. Biroq ba’zi hollarda uzatuvchi tugun lokaltarmoqdagi barcha adapterlar jo‘natgan kadrlarni qabul qilishlari va unga ishlov berishlaridan manfaatdor bo‘ladi. Bu holdauzatuvchi adapter oluvchining manzil maydoniga maxsus keng eshittirishli manzilni joylashtiradi. 6 baytli manzillardan foydalanuvchi lokal tarmoqlarda, keng eshittirishli manzil 48 ta ikkilik birliklardan tashkil topgan qatordir (ya’ni o‘n olti raqamdan iboratFF-FF-FF-FF-FF-FF ketma-ketlikdir). Tugunlar uchun tarmoq sathidagi manzillardan tashqari LAN- manzillarini ajratishning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, lokal tarmoqlar faqat IP protokoliva Internet bilangina emas, tarmoq sathidagi ixtiyoriy protokollar bilan ishlash uchun ishlab chiqiladi. Agar adapterlarga«neytral»LAN-manzillari o‘rnigaIP-manzillari belgilansa, ulargatarmoq sathining boshqa protokollari (masalan, IPX yokiDECnet)ni qo‘llab-quvatlash qiyin bo‘lardi. Ikkinchidan, agar adapterlar LANmanzili o‘rniga IP manzilidan foydalanishlari kerak bo‘lganida,tarmoq sathidagi manzilni adapterning operativ xotirasida saqlash va uni - adapterni har bir ko‘chirish yoki manbaga ulash chog‘ida qayta sozlash kerak bo‘lardi. Shunday qilib,protokollar stekidagi sathlarning yuqori darajada o‘zaro bog‘lik bo‘lmasliklari uchun sathlar xususiy manzil tuzilmalariga ega bo‘lishlari kerak. Bizmanzillarning uch xili bilan:qo‘llanish tusidagi sathdagi xostlar nomlari, tarmoq sathidagi IP-manzillari va kanal sathidagi LAN- manzillari bilan tanishib chiqdik. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling