Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interfeys (tarmoq) kartalariga ega boʻlgan shaxsiy kompyuterlar
Kabel aloqa tizimi. LHTlar telefon tarmogʻidan foydalanishmaydi. Ular oʻz aloqa kanaliga (simli yoki simsiz) ega boʻlishlari kerak. Simli kanallar buralma-juftli, koaksial kabel va optik tolali kabellardan iborat boʻlishi mukin. Simsiz tamoqda aloqa infraqizil yoki radiotoʻlqinlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Interfeys (tarmoq) kartalariga ega boʻlgan shaxsiy kompyuterlar. Har bir tarmoqqa ulangan kompyuter maʻlumot almashinish uchun kengaytiruvchi slotga ulangan tarmoq adapteriga ega boʻlishi kerak. Bunday karta alohida qurilmada boʻlishi va bir nechta qurilmaga xizmat koʻrsatishii mumkin. Tarmoqning dasturiy ta’minotiKompyuter bilan periferiya qurilmasining aloqasini ko‘rib chiqayotib, biz muhim «tarmoq» tushunchalariga duch kelamiz: interfeys va protokol, drayver va interfeys kartasi, shuningdek kompyuter tarmoqlari uchun xarakterli muammolar bilan: interfeyslarning muvofiqligi, asinxron jarayonlarnig sinxronizatsiyasi, ma’lumotlarni uzatish ta’minotining haqqoniyligi. Bu funksiyalarni tarmoqni dasturiy ta’minoti bajaradi, u tarmoq xizmatlari, tarmoq operatsion tizimi va tarmoq ilovalaridan iborat. Uzoqlashgan printerdan foydalanish ehtiyoji turli ilovalardan foydalanuvchilarda paydo bo‘lishi mumkin: tekst redaktorida, grafik redaktorda, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida (MBBT). Ma’lumki, barcha tashkil qilish bo‘yicha funksiyalar uchun umumiy bo‘lgan ilovalarning har birini qaytarish ortiqcha hisoblanadi. Eng samarali yondoshish bu- funksiyalar ilovalardan o‘chirilib, juft maxsus dasturiy modullar ko‘rinishida – nashrdan chiqarish mijozi va serveridir. Klient-server juftligi kompyuterda bajariluvchi istalgan ilovadan foydalanish mumkin. Klient – turli ilovalardan alohida kompyuter resurslariga xabar- so‘rovlar uzatish va shakllantirishga mo‘ljallangan, keyinchalik bu tarmoqdan natijalarni olish va mos ilovalar orqali ularni uzatish moduli. Server – har doim tarmoqdan klientlar so‘rovlarini kutib turuvchi va so‘rovlarni olgach lokal operatsion tizim (OT) ishtirokida unga xizmat qilishga harakat qiluvchi modul; bir server birdan bir nechta klient so‘rovlariga xizmat qilishi mumkin (navbatma-navbat yoki bir vaqtning o‘zida). Klient-server juftligi tarmoq orqali kompyuter resurslari aniq ko‘rinishiga chiqishni amalga oshiruvchi tarmoq xizmatini tashkil qiladi. Har bir xizmat ma’lum turdagi tarmoq resurslariga bog‘liq. Masalan, printerga alohida kirishni amalga oshiruvchi klient va server modullari nashrdan chiqarish xizmatini tashkil qiladi. Fayl xizmati boshqa kompyuterlar diskida saqlanuvchi fayllarga kirish imkonini beradi. Fayl xizmatining server komponentini fayl-server deb yuritishadi. Internetda axborotni izlash va ko‘rish uchun veb- server va klient dasturlaridan iborat veb-brauzer (web browser) deb nomlanuvchi. veb-xizmatdan foydalaniladi. Ushbu vaziyatda ajratuvchi resurs bo‘lib veb-sayt xizmat qiladi– veb-serverning tashqi to‘plovchisida saqlanuvchi va ma’no jihatidan o‘zaro bog‘liq axborotlarni o‘z ichiga oluvchi fayllar yig‘indisi [8]. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling