Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoqlar (Switched LANs)


Download 7.57 Mb.
bet71/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Kommutatsiyalanadigan lokal tarmoqlar (Switched LANs)


3.1.2-rasmda 3ta bo‘limni, 2 ta serverni marshrutizator va 4 ta kommutator (switch) birlashtiradigan kommutatsiyalanadigan lokal tarmoqqa misol keltirilgan. Bu kommutatorlar kanal sathida ishlagani uchun ular kadrlarni, tarmoq sathi manzillarini tanimagan va tarmoq orqali marshrutni aniqlash uchun RIP yoki OSPF turidagi marshrutlashtirish protokollaridan foydalanmagan holda, kanal sathida kommutatsiyalaydi. (Tarmoq sathidagi deytagrammalarga o‘xshab).


3.1.2-rasm. 4 ta kommutator (switch) vositasida birlashtirilgan kommutatsiyalanadigan lokal tarmoq.
      1. Lokal tarmoqlarda manzillashtirish va ARP protokoli


Lokal tarmoq tugunlari(LAN) bir-biriga kadrlarni keng eshittirishli kanal orqali yuboradi. Bu degani, lokal tarmoqning bir tugunidan uzatilgan kadr lokal tarmoqning barcha boshqa tugunlari tomonidan qabul qilinadi demakdir. Biroq, qoida bo‘yicha, kadrni tarmoqning barcha tugunlariga emas, muayyan bitta tuguniga uzatish zarur.Unga shuday imkoniyatni taqdim etish uchun, lokal tarmoqning tugunlarida manzil bo‘lishi kerak va oluvchining manzili kanal sathidagi kadrning maydonida ko‘rsatilishi kerak. Bu holda kadrni olib, tugun bu kadrgami yoki lokal tarmoqning boshqa bir tuguniga mo‘ljallanganlini aniqlashi mumkin. Agar kadrdagi oluvchining manzili tugundagi bu kadrni olganning manzili bilan mos tushsa, tugun kanal sathidagi kadrdan tarmoq sathi deytagrammasini chiqarib oladi va uni protokollar steki orqali yuqoriga uzatadi. Agar kadrdagi oluvchinining manzili tugundagi bu kadrni olganning manzili bilan mos tushmasa, tugun bu kadrni oddiygina tashlab yuboradi. Amalda lokal tarmoq manzili tugunda emas, tarmoq adapterida mavjud bo‘ladi.
3.1.2-rasm shuni aks ettiradi. Lokal tarmoqdagi manzilni, yoki LAN- manzilni, shuningdek fizik manzil, Ethernet-manzilyoki MAS-manzil (Media Access Control — eltuvchiga kirishni boshqarish) deb ham atashadi Lokal tarmoqlarning ko‘pchiligida (Ethernet-tarmoqlar va markerni uzatish tarmoqlari ham) LAN-manzil 6-baytli son bo‘lib,umumkin bo‘lgan 248 manzillardan foydalanish imkonini beradi. 3.1.3-rasmda ko‘rsatilganidek, bu 6-baytli manzillar, qoidaga ko‘ra,o‘n oltita raqamdan iborat qator ko‘rinishida tasvirlanadi, bunda manzilning
\har bir baytio‘n oltidan iborat raqamlarning juftligi ko‘rinishida yoziladi. Lokal tarmoqdagi adapterning manzili o‘zgarmas bo‘ladi. Bu manzil adapterni tayyorlash chog‘ida uning xotirasiga joylashtiriladi.





Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling