Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
3.1.8-rasm. IGMP-xabarning formati.
IGMP-xabarlarning to‘rtinchi va oxirgi turibu – leavegroup xabari. Qizig‘i shundaki, bu xabar majburiy emas! Biroq, u holda marshrutizator ushbu lokal tarmoqda muayyan guruhga kiruvchi xostlar qolmaganini qanday aniqlaydi? Bu savolga IGMP-membership query xabari javob beradi. Marshrutizator ushbu jo‘natma guruhiga bundan buyoniga unga ulangan xostlar kirmasligi haqidagi xulosaga keladi, agar birorta xost uning membership query xabariga aniq guruhiy manzil bilan javob bermasa. Vaqtning biror intervali o‘tganidan so‘ng manzillar haqidagi axborot yo‘qoladigan Internet-protokollarni ba’zida nobarqaror holatli (softstate) protokollar deb ataladi. Lokal tarmoq xostlari orasida jo‘natmaning muayyan guruhi mavjudligi haqidagi axborot berilgan vaqt intervali o‘tganidan so‘ng (ushbu holda bu interval marshrutizator tomonidan davriy tarzda jo‘natiladigan membership query xabarini beradi), agar bu xabar ochiq oydin yangilanmasa (xost tomonidan jo‘natiladigan membership report xabari yordamida) yo‘qoladigan IGMP protokoli shunday protokoldir.Nobarqaror holatdagi protokollarni boshqarish barqaror holatli protokollarni boshqarishga nisbatan oson deb tasdiqlashadi. ICMP-xabarlarga o‘xshab, IGMP protokoli xabarlari IP-deytagrammalarda bir joydan boshqa joyga ko‘chiriladi (inkapsullanadi). Bugungi kunda Internetda qo‘llaniladigan guruhli jo‘natmaga asoslangan xizmat ko‘rsatish modelini ko‘rib chiqamiz. Bu modelda har qanday xost jo‘natma guruhiga tarmoq sathida qo‘shilishi mumkin. Xost o‘zi bilan ulangan marshrutizatorga shunchaki IGMP-membership report xabarni yuboradi, bu marshrutizator Internetdagi boshqa marshrutizatorlar bilan birgalikda tezlikda guruhlideytagrammalarni bildirgi yuborgan xostga jo‘natadi. Shunday qilib, guruhga qo‘shilishni oluvchi boshqaradi. Yuboruvchi oluvchilarni jo‘natma guruhiga qo‘shish bilan shug‘ulanmaydi. U hatto oluvchilar guruhi tarkibini nazorat qilaolmaydi. O‘xshash holda oluvchi deytagrammmalarni jo‘natma guruhiga kim jo‘natayotganini nazorat qilaolmaydi. Turli xostlar tomonidan jo‘natilgan diagrammalar turli oluvchilarga turlicha navbat bilan yetib kelishi mumkin. Buzg‘unchi jo‘natuvchi o‘z deytagrammalarini guruhli jo‘natma diagrammalari oqimiga oson kiritishi mumkin. Hatto qonunga rioya qiluvchi jo‘natuvchilar ham tarmoq sathida muvofiqlashtirish mavjud bo‘lmagani uchun jo‘natma guruhlarini yaratishda tasodifan ikkita bir xil manzilnitanlashlari mumkin. Guruhli jo‘natmalardan foydalanuvchi ilova nuqtai nazaridan bu shunga olib keladiki, u (ilova) aralashiga bitta oqim o‘rniga birdaniga ikkita oqimdagi deytagrammalarni qabul iladi. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolar guruhli jo‘natmadan foydalanuvchi qo‘llanish tusidagi dasturlarni ishlab chiqishda bartaraf etib bo‘lmaydigan to‘sqinliklar bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq bularning barchasi u qadar yomon emas. Tarmoq sathi filtrlashni ta’minlamasligiga qaramay guruhli deytagrammalarni tartiblashtirish va ular sirining maxfiyligi – bu barcha mexanizmlar qo‘llanish sathida ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda bu funksiyalarning ba’zilarini tarmoq sathiga kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling