RFC2236 ning 2-versiyasida belgilangan IGMP protokoli (Internet Group Management Protocol — guruhlarni boshqarish tarmoqlararo protokoli) xost va u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan marshrutizator o‘rtasida ishlaydi (bu marshrutizatorni kirishdeytagrammasi yo‘lidagi birinchimarshrutizator yoki chiqish deytagrammasi yo‘lidagi oxirgi marshrutizator deb qarash mumkin). 3.1.6-rasmda uchta guruhiy marshrutizator tasvirlangan, ularning har biri lokal interfeys orqali bir juft xostlar bilan ulangan. Ushbu misolda lokal interfeys lokal tarmoq bilan bog‘langan va qoida bo‘yicha lokal tarmoqning bir necha xosti u yoki bu jo‘natma guruhi a’zosi hisoblanadi.
IGMP protokoli xostga u bilan ulangan marshrutizatorga axborotlash-tirish vositasini taqdim etadi, unga ko‘ra xostda ishlayotgan ilova jo‘natmaning muayyan guruhga qo‘shilishni hohlaydi. IGMP protokolining xost va u bilan ulangan marshrutizator bilan amal qilish sohasiningcheklanganligini hisobga olsak,Internetda guruhiy marshrutizatorlarni (qo‘shilgan marshrutizatorlarni ham hisobga olgan holda) muvofiqlashtirish uchun o‘z-o‘zidan ravshanki, boshqa protokollar kerak. Guruhiy marshrutizatorlarni muvofiqlashtirish masalasini PIM, DVMRP va MOSPF turidagi tarmoq sathi guruhiy marshrutlash protokollari hal etadi. Shunday qilib, Internetda tarmoq sathidagi guruhli jo‘natma ikkita bir-birini to‘ldiruvchi tashkil etuvchidan – IGMP protokoli va guruhli marshrutlash protokollaridan iborat bo‘ladi.
Garchi IGMP protokolini “guruhlarga a’zolik protokoli” deb atalsa ham bu termin kishini chalg‘itishi mumkin, chunki xost va u bilan ulangan marshrutizator o‘rtasida amal qiladi. O‘z nomiga qaramasdan IGMP protokolijo‘natma guruhiga kiruvchi barcha xostlarda ishlamaydi. Amalda jo‘natma guruhlariga a’zolikni boshqaruvchi va guruhning barcha Internet – xostlarida ishlovchi tarmoq sathi protokoli mavjud emas. Masalan, xostga guruhga qo‘shilgan barcha boshqa xostlar identifikatorlarini aniqlash imkonini beradigan tarmoq sathi protokoli mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |