Kommutatorlar qaysi sathda ishlaydi?
Keng eshittirishli jo‘natma qanday vazifani bajaradi? 3.MAS-manzilni tavsiflang.
MAS-manzil nechta bitdan tarkib topadi?
ARP protokolining vazifasini tushuntiring.
Yashash vaqti maydoni (TimeTo Live, TTL)ning vazifasini tavsiflang.
Marshrutlash jadvalining vazifasini tavsiflang.
IGMP protokolining vazifasini tavsiflang.
IGMP protokolida qanday turdagi xabarlardan foydalaniladi?
Tarmoq topologiyasi
Tarmoqda axborotlarni uzatish va qabul qilish. Kompyuterlarni fizik muhitga ulaydigan uskuna turi, aloqa liniyasi AL, LAN topologiyasi va signallarni uzatish prinsipi bilan aniqlanadi.
Topologiya – bu tarmoqda kompyuterlarni ulash usuli. Eng keng tarqalgan usullari – shina, yulduz, xalqa (3.2.1-rasm).
3.2.1-rasm. Eng keng tarqalgan LAN topologiyalari.
Muhitga ulanishni boshqarish ma’lumolarni uzatish usuliga bog‘liq va turli turlarga bo‘linadi:
ko‘p martalab ulanish (raqobat rejimida aloqa kanaliga ulanish);
marker uzatishli ulanish (ma’lumotlarni uzatishga huquq beruvchi paket);
so‘rovli tarmoq;
segmentlashtirilgan uzatishli tarmoq;
uzatish vaqtini zahiralashli tarmoq.
Ko‘p martalab ulanish va marker uzatishli shina, yulduz, xalqa topologiyali LAN eng keng tarqalgan.
Kanal sathi 2 sathchaga bo‘lingan (3.2.1-jadval):
logik kanal orqali boshqarish LLC (Logical Link Control) – tarmoq topologiyasiga va 802.2 standarti – ulanish usuliga bog‘liq emas;
MAС muhitiga ulanishni boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |