Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- SNMP protokoli
HTTP protokoliBu protokol protokollar orasida eng koʻp ishlatiladigani boʻlib, u bilan millionlab foydalanuvchilar Internetda dunyo boʻyicha har kuni ishlaydilar. HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) protokoli maxsus Internet uchun loyihalashtirilgan. U «mijoz – server» texnologiyada ishlaydi, yaʻni axborotni soʻrovchi mijoz mavjud va bu soʻrovlarga ishlov berib uni joʻnatuvchi server qismi ham mavjud deb bilinadi. HTTP ilovalar osqichida ishlaydi. Bu shuni bildiradiki, koʻrilayotgan protokol transport protokolining xizmatidan foydalanishi darkor, yaʻni TCP protokolidan. Oʻz ishida protokol URI (Uniform Resource Identifier) resursni noyob identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar bilan ishlashni quvvatlaydi, bu hol esa protokolning vazifasini kengaytiradi. Parametrlardan foydalanib serverdan javobni qanday formatda va kodirovkada olishni taʻkidlash mumkin. Bu esa oʻz navbatida HTTP yordamida nafaqat matnli hujjatlarni, har qanday ikkilik tizimidagi maʻlumotlarni ham uzatish imkonini beradi. HTTP protokolining asosiy kamchiligi matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi boʻlib, mijoz serverdan olingan javoblarni toʻgʻri ifodalay olishi uchun zarurdir. Veb – sahifalarning hajmi katta boʻlganda, ortiqcha katta trafik hosil qilishi mumkin. Undan tashqari protokol holatini saqlashning mexanizmidan toʻliq mahrum, bu esa Veb – sahifalar boʻyicha bitta HTTP yordamida harakat qilishga imkon bermaydi. Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda foydalanuvchi brauzerlar bilan ishlash zarur. SNMP protokoliSNMP konsepsiyasining asosiy maqsadini quyidagilar tashkil etadi: uncha qimmat boʻlmagan agent boshqarish dasturiy taʻminotini saqlash internet resurslaridan foydalanishda toʻla darajada masofadan boshqarishning funksiyalarini qoʻllab-quvvatlash. SNMP arxitekturalari xususiyatlarini kengaytirish. SNMP arxitekturalarini oʻziga xos host-mashina va shlyuz turiga bogʻliq boʻlmagan holda saqlash. SNMP protokolini loyihalashtirish AQShning bir nechta universitetlari va laboratoriyalarida ilmiy tadqiqot ishlaridan boshlandi. SNMP protokolining birtnchi dasturiy maxsuloti 1988 yilning oxirida bir nechta internetni (Cisco, Advanced Computer Corporation i Proteon) takomillashtiruvchi firmalarda tayorlandi. Shundan buyon deyarli hamma internet mahsulini yetgazib beruvchilar takomillashdi va SNMP mahsulotlarini sota boshladi. Protokol arxitekturasi oldin qoʻllanilgan, 1987 yilda yaratilgan shlyuzlarni boshqarishning sodda protokoli (SGMP) bilan bogʻlangan. SGMP SNMP uchun asos boʻlib xizmat qilsada, u faqat shlyuzlarni nazorat qilish uchun moʻljallangan. SNMP protokolining administrativ aloqasi 4.3.1-rasmda tasvirlangan. SNMP arxitekturasida bir qator atamalardan foydalaniladi. Tarmoqni boshqarish markazida joylashgan obyektlar va tarmoq elementlari SNMP protokolidan foydalanib bir biri bilan aloqa qiladi. Bu obyektlar SNMP ilovalari obyektlari deyiladi (SNMP application entities). Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling