Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet148/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

RTVC servisning vazifasi


Videokonferensiya – bu kompyuterlarning multimedia imkoniyatlardan foydalangan holda tarmoq bo‘yicha ikkita va undan ortiq insonlarning muloqoti hisoblanadi. Tamroqqa ulangan kompyuter videokamera, mikrofon va audiokolonkalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Videokonferensiya tizimlari uchun ishlatiladigan qurilmalar pog‘onaga qarab personal, guruhli va studiyali videokonferensiyalarga bo‘linadi.
Personal videokonferensiyalar (5.1.2-rasm).




5.1.2-rasm. Personal videokonferensiyalarning qurilmalari.

Bu videokonferensiya texnologiyalarning «boshlang‘ich pog‘onasi» hisoblanadi. Ularni yaratish uchun ishchi joyda qo‘llaniladigan qimmat


emas dasturiy va dasturiy apparat vositalar talab qilinadi. Bunday turdagi videokonferensiyalar vaqt va moliya harajatlari kata emas paytida ikkita inson o‘rtasida oddiy muloqot, interaktiv axborotlar almashish, fayllarni jo‘natish uchun ishlatilishi mumkin. Ilovalar bilan birgalikda ishlash paytida aloqa seansdagi xamma qatnashuvchilarga matnli va grafik ho‘jjatlarni to‘g‘rilashga imkoniyat beradigan mahsus ilovasi – «e’lonlar doskasi» qo‘llaniladi [8].
Guruhli videokonferensiyalari (5.1.3-rasm). Foydalanuvchi o‘zi qatnashmasdan turib loyiha o‘stida ishlash paytida, muloqotlarni va chiqishlarni tashkil qilishda katta va o‘rta guruxdagi foydalanuvchilarni effektiv muloqoti uchun qo‘llaniladi. Signal yuqori sifati bo‘lgani uchun hujjatlarni almashish va ko‘rib chiqish, ilovalar bilan guruxli ishlashni amalga oshirish mumkin. Guruhli videokonferensiyalarni yaratish uchun videoterminallarning katta turdagi modellari, guruhli foydalanuvchilarni ulanishni ta’minlab beradigan serveri, ishchi stansiyalar va server uchun mahsus dasturiy vositalar, ISDN-ulanishi va lokal tarmoq talab qilinadi.


5.1.3-rasm. Guruhli videokonferensiyalarininng qurilmalari.


Studiyali videokonferensiyalari (5.1.4-rasm). Ularni yaratish uchun yuqorisinfli mahsus telequrilmalar (studiyali kameralar, ovoz va nazorat qurilmalari, monitorlar) va aloqa kanallarning maksimal o‘tkazish qobiliyati (sun’iy yo‘ldosh va optik tola aloqa kanallarga kirish imkoniyati) talab qilinadi. Bunday videokonferensiyalari ko‘p odamlar tomonidan ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil qilish nuqtai nazardan maksimum imkoniyatlarni talab qilinadigan masalalarni yechish uchun ishlatiladi. Ular uchun yurituvchi tomonidan tasdiqlangan formal, qattiq
reglament stildagi muloqot mos. Shunday videokonferensiyalarning misoli teleko‘priklar hisoblanadi.
Topologiya bo‘yicha videokonferensiyalarning ikkita asosiy turlari mavjud: nuqta nuqta va ko‘pnuqtali. Nuqta nuqta konferensiyalari zng oddiy hisoblanadi. Ular faqat ikkita ishchi stansiyalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishni ko‘rsatadi, ko‘pnuqtali videokonferensiyalari esa bir nechta foydalanuvchi yoki gurux foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni taqdim etishni imkoniyat beradi, lekin ko‘pnuqtali seanslarni boshqarish server mahsus qurilmani o‘rnatish va quvvatlashga qushimcha harajatlarni talab qiladi.



Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling