Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet146/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Intellektuallik. Tarmoqning moslashuvchanligini va ishonchliligini oshirish, global tarmoqlarni ancha oson boshqarish imkonini beradi. Tarmoqning intelektualligi tufayli xizmatdan passiv foydalanuvchi aktiv mijozga aylanadi ya’ni mijoz zarur bо‘lgan xizmatga buyurtma bergan holda, о‘zi tarmoqni faol boshqarishi mumkin.
Mobillik. Elektron qurilmalarni miniatyurizatsiyalash sohasidagi muvoffaqiyatlar, ularning narxini pasayishi, yakunlovchi mobil qurilmalarni global tarqalishiga zamin yaratadi. Bu, har qanday joyda va har qanday vaqtda har bir talabgorga aloqa xizmatini yetkazishni real masalasi hisoblanadi.
Hozirgi kunda dunyoning axborot telekommunikatsiya infrastrukturasi orqali uzatiladigan axborot hajmi har 2-3 yilda ikki martaga oshib bormoqda.
      1. Zamonaviy aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablar


Kelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    • multiservislik - transport texnologiyalariga xizmatlarni yetkazuvchi texnologiyalarning bog‘liq emasligi;

    • keng polosalilik - odatda foydalanuvchi talablariga bog‘liq holda keng diapazonda axborotni uzatish tezligini mos reyingga dinamik о‘zgarishi imkoni;

    • multimedialik - tarmoqni, real vaqtda va murakkab ulanish konfiguratsiyasini qо‘llagan holda, kо‘p komponentli axborot (ovoz, mazkur video, audio)larni shu komponentlar uchun zarur bо‘lgan sinxronizatsiya bilan uzatish qobiliyati;

    • intellektuallik - foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta’minlovchi tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni;

    • invariantlik ulanish - qо‘llanilayotgan texnologiyalarga bog‘liq bо‘lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta’minlash imkoni;

    • kо‘p operatorlik - xizmatlarni taqdim etishda va ularning mas’uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta operatorlarning qatnashishi.

Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablarni shakllantirishda xizmatlarni ta’minlovchining faoliyatini xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Xizmatlarni ta’minlovchiga bо‘lgan talablarga quyidagilar kiradi:

    • “multioperatorlik” muhitida qurilmalarning ishini ta’minlash imkoniyati ya’ni bir nechta aloqa operatori tarmog‘iga (jumladan ulanish satxiga ham) ulanish uchun interfeyslar sonini oshirish;

    • birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta’minlovchi uzellarni birgalikda ishlashini ta’minlash;

    • qurilmalarning dastlabki minimal narxini belgilashda “masshtablanuvchan” texnik yechimlarni qо‘llash imkoni.

Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega bо‘lgan mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib о‘tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning imkoniyatlarini chegaralanganligi yangi infokommunikatsiya xizmatlarini yaratish yо‘lida bardosh berish omili hisoblanadi. Boshqa tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga xizmat kо‘rsatish sifat kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bularning barchasi, peying avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish yо‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini
rejalashtirishda infokommunikatsiya xizmatlari mavjudligini hisobga olish lozimligiga majbur qiladi.

      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling