Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet143/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

4.3.4-rasm. FTPda lokal va uzoqdagi fayl tizimlari orasida fayllarni uzatish.

Ma’lumotlarni ulash, faylning o‘zini uzatish uchun mo‘ljallangan. Madomiki, boshqaruvchi ulanish ma’lumotlarni ulashdan ajratilgan ekan, unda boshqaruvchi axborotlarni uzatish polosadan tashqarida(out- of-band) deyiladi.


Keyingi ma’ruzalarda biz, oqimli multimedia ma’lumotlarini uzatishni nazorati uchun qo‘llaniladigan, shuningdek polosadan tashqarida boshqaruvchi axborotlarni uzatish mexanizmini qo‘llovchi RTSP protokoli bilan tanishamiz.
FTP dan farqli HTTP protokoli yagona TCP ulanishi orqali fayllarni va komandalar (so‘rovlar va javoblar uchun sarlovxa qatori)ni uzatishni amalga oshiradi. Shuning uchun ham HTTP o‘zining boshqaruvchi axborotini polosa ichida(in-band) uzatadi deb aytishadi. Polosa ichida boshqaruvchi axborotlarni uzatishga ega bo‘lgan
protokolga boshqa bir misol elektron pochta uchun xarakterli bo‘lgan SMTP hisoblanadi. Biz SMTP protokolini keyin qarab chiqamiz. 4.3.5- rasmda FTP protokolining ikki ulanishiga namuna keltirilgan.




4.3.5-rasm. Boshqaruvchi ulanishlar va ma’lumotlarni ulash.

FTP-seans, mijoz va uzoqdagi xost (server) orasida, 21-raqamli port orqali boshqaruvchi TCP-ulanishni o‘rnatish bilan boshlanadi. Shuning uchun ulanishda foydalanuvchi nomini va parolni uzatish, shuningdek kundalik katalogni va fayllarni almashlash komandasi amalga oshiriladi. Server fayllarni uzatish va qabul qilish komandasini olgandan keyin, u mijoz bilan ma’lumotlarni TCP-ulanishini o‘rnatadi keyin fayl almashlashni amalga oshiradi va ulanishni yopadi. Har bir ulanish faqat bitta faylni uzatish imkonini beradi. Shunday qilib ko‘pgina almashlashlar ma’lumotlarni ulashni ko‘p marta o‘rnatish zaruratini tug‘diradi. Bunda boshqaruvchi ulanishlar barcha seanslar davomida ochiq qoladi.


Kiritilgan terminologiyalarni nazarda tutgan holda ma’lumotlarni ulashni doimiy bo‘lmagan ulanishlarga kiritish mumkin. FTP-seansi vaqtida server, foydalanuvchi haqidagi axborotga ega bo‘lishi kerak. Qoida bo‘yicha boshqaruvchi ulanishlar foydalanuvchining maxsus xisoblash yozuvlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari server, foydalanuvchi ishlayotgan kundalik katalogni kuzatishi kerak. Axborotlarni saqlash uchun resurslarni sarflash zarurati, serverni bir vaqtda qo‘llab- quvvatlovchi FTP-seanslar sonini anchagina kamayishiga olib keladi. HTTP bilan solishtirganda FTP protokolining kamchiligi ham ana shunda. Shuniyam aytish joizki HTTP ulanish holatini eslab qolmaydi.

      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling