Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASCIIdan farqlanadigan kodlash uchun MIME-kengaytirish
SMTP va HTTPni taqqoslashEndi ikkita muhim HTTP va SMTP Internet-protokollarni taqqoslash vaqti keldi. Ularning har ikkalasi xostlar orasida fayllarni uzatish uchun mo‘ljallangan, bunda NTTR web-mijoz (odatda u brauzer hisoblanadi) va web-server orasida ob’ektlarni uzatilishini, SMTP esa ikkita pochta serverlari orasida elektron xabarlarni uzatilishini tashkil etadi. Hm NTTR, ham SMTP doimiy bog‘lanishni ishlatadi. Shu bilan birga, tavsiflangan o‘xshashliklardan tashqari, protokollar farqlarga ham ega. Birinchidan, HTTP olish protokoli (pull protocol) hisoblanadi, ya’ni kimdir web-serverrga kerakli ma’lumotlarni joylashtiradi, uni foydalanuvchilar serverdan NTTR protokoli yordamida o‘ziga qulay vaqtda oladi. TCP-bog‘lanish faylni olinishini initsializatsiyalaydigan kompyuter orqali o‘rnatiladi. SMTP, aksincha, jo‘natish protokoli (push protocol) hisoblanadi, ya’ni uzatuvchi pochta serveri faylni qabul qiluvchi pochta serveriga jo‘natadi. TCP-bog‘lanish faylni jo‘natilishini initsializatsiyalaydigan kompyuter orqali o‘rnatiladi. Ikkinchidan, avval ta’kidlanganidek, SMTP har bir xabarning sarlavhasi va tanasidagi simvollar uchun 7-razryadli ASCII kodlashni talab qiladi. Agar xabar ASCII kengaytirilgan kodlash simvollariga (masalan, milliy alifbo simvollari) yoki binar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, bunday ma’lumotlarni 7-razryadli ASCII kodlashga o‘zgartirish talab qilinadi. HTTP protokoli xabarga bunday cheklashlarni qo‘ymaydi. Uchinchidan, SMTP va HTTP protokollari matnli va grafik (yoki multimediali) ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlarni turli qayta ishlash usullarini qo‘llaydi. «Web va HTTP» bo‘imida ta’kidlanganidek, NTTR protokoli har bir ob’ektni alohida javob xabarida qayta uzatadi. SMTP, aksincha, barcha ob’ektlarni bitta xabarga joylashtiradi. ASCIIdan farqlanadigan kodlash uchun MIME-kengaytirishAgar yuqorida keltirilgan sarlavhalar ASCII kodlashdagi matnlarga ega bo‘lgan xabarlar uchun to‘g‘ri kelsa, u holda ularning tarkibi formati ASCIIga mos kelmaydigan audio-, video- vaboshqa ma’lumotlarli xabarlar uchun yetarli bo‘lmaydi. Bu xabarga maxsus sarlavhalarni kiritilishini, demak, RFC 822 standartni kengaytirilishini talab qiladi. Bunday kengaytirish RFC 2045 va 2046 hujjatlarda tavsiflangan va Internet postasini ko‘p maqsadli kengaytirilishlari (Multipurpose Internet Mail Extensions, MIME) deyiladi. Multimediani qo‘llashga mo‘ljallangan ikkita eng muhim MIME- sarlavhalar Content-Type: va Content-Transfer-Encoding: hisoblanadi. Content-Type: sarlavhasi foydalanuvchi agentiga xabarning ma’lumotlarini mos qayta ishlashni amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, agar xabar JPEG formatdagi tasvirga ega bo‘lsa, oluvchi agenti JPEG fayllarni dekompressiyalash protsedurasini chaqiradi. Content-Transfer-Encoding: ikkinchi sarlavhaning ma’nosini tushunish uchun ASCIIdan farqlanadigan kodlanishdagi barcha ma’lumotlar SMTP protokoli bo‘yicha uzatilishidan oldin ASCII kodlashga o‘zgartirilishi kerakligini eslang. Content-Transfer-Encoding: sarlavhasi yo‘llanadigan manzilga simvollarni dastlabki kodlanishi ASCII kodlashga o‘zgartirilishi (kodlanishi) amalga oshirilganini, shuningdek bu kodlashning turini ko‘rsatadi. Shunday qilib, oluvchi agenti Content- Transfer-Encoding: sarlavhasini tanish bilan ma’lumotlarni dastlabki kodlanishiga keltirish uchun xabarni dekodlashni amalga oshirishi, keyin esa Transfer-En-coding: sarlavhasini tanish bilan dekodlangan ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin. Content-Type: sarlavhasi satrini biroz batafsil ko‘rib chiqamiz. MIME spesifikatsiyasiga muvofiq, RFC 2046da ko‘rsatilgan satr formati quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Content-Type: type/subtype: parameters. Bu yerda parameters shart bo‘lmagan parametrlar hisoblanadi. MIME spesifikatsiyasiga muvofiq, Content-Type: satri xabarda uzatiladigan ma’lumotlarning turini ko‘rsatish uchun ishlatiladi va turlar va kichik turlar nomlaridan tashkil topadi. Bundan tashqari, satrda kichik tur haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun mo‘ljallangan va ma’lumotlarni talqin etilishiga sezilarli ta’sir qilmaydigan parametrlar bo‘lishi mumkin. Tushunarliki, har bir kichiktur uchun o‘z parametrlari to‘plami aniqlanadi. MIMEni ishlab chiqish bo‘lajak kengaytirishga mo‘lljalash bilan olib borildi va tez oradi bo‘lishi mumkin turlar va kichik turlar juftliklari soni sezilarli ortishi mumkin. yangi turlar va kichik turlarning ishlab chiqilishini qandaydir tartibga solish uchun MIME IANAda (Internet Assigned Numbers Authority — Internet nomerlarini tayinlash bo‘yicha vakolatli tashkilot) ro‘yxatdan o‘tkazish zaruratini ko‘zda tutmoqda. Registratsion jarayon RFC 2048 hujjatda tavsiflangan. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling