Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet138/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Tunnellarning turlari


RFC 2893 quyidagi tunnellar turlarini aniqlaydi:

  • Konfiguratsiyalangan (MCT – Manually Configured Tunnels)

Konfiguratsiyalangan tunnel tunnelning oxirgi nuqtalarini qo‘lda konfiguratsiyalashni talab qiladi. Konfiguratsiyalangan tunnellarni qo‘lda IPv6 protokol uchun Windows da yaratish uchun quyidagi komandadan foydalaniladi: netsh interface ipv6 add v6v4 tunnel

Avtomatik tunnel – qo‘lda konfiguratsiyalashni talab qiluvchi tunnel. Windows uchun IPv6 protokol quyidagi avtomatik tunnellash texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi:

  • ISATAP (Intra-Site Automatic Tunnel Addressing Protocol) – tunnellarni sayt ichida avtomatik adreslash protokoli bo‘lib, IPv4 intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi.

  • 6 to 4 – “6 dan 4 ga” o‘tish dinamik tunneli. IPv4 intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi. Oxirgi nuqtalar o‘rtasida IPv4 protokolning NAT translyatsiyasi ishlayotgan bo‘lsa ushbu tunnellar, ishlamaydi.

  • Teredo. IPv4 Internet orqali bir adresli uzatishda oxirgi nuqtalar o‘rtasida IPv4 protokolning NAT translyatsiyasi foydalanilganida ishlatiladi.



      1. Maxsus IP-adreslar


IP protokolida IP-adreslarni maxsus talqin qilish bo‘yicha bir necha shartnomalar mavjud:
Agar IP-adres faqat ikkilik nollaridan iborat bo‘lsa, u ushbu paketni generatsiyalagan tugun adresini bildiradi, bu rejim ba’zi ICMP xabarlarida ishlatiladi;
agar tarmoqning nomer maydonida faqat nollar bo‘lsa, qabul qilish tuguni va paketni uzatgan tugun bir tarmoqqa tegishli deb hisoblanadi;
agar IP-adresning barcha ikkilik razryadlari 1 ga teng bo‘lsa, bunday adresli paket ushbu paketning manbai joylashgan tarmoqning barcha tugunlariga uzatilishi kerak. Bunday uzatish chegaralangan keng eshittIPishli xabar deb ataladi (limited broadcast);
Agar qabul tugunining nomer maydonida faqat 1 lar turgan bo‘lsa, bunday adresli paket tarmoqning berilgan nomeri bilan tarmoqning barcha tugunlariga uzatiladi. Masalan, 255.255.255.0 maskali 192.190.21.0 tarmoqda 192.190.21.255 adresli paket ushbu tarmoqning barcha tugunlariga uzatiladi. Bunday uzatish keng eshittirishli xabar deyiladi (broadcast) [8].



      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling