Markazlashgan ko‘pnuqtali konferensiya MCU qurilmani borligini talab qiladi. Xar bitta terminal MCU bilan audio, video, ma’lumotlar oqimlari va “nuqta- nuqta” tuzilma bo‘yicha boshqarish komandalari bilan almashadi. Nazoratchi MC H.245 protokolini foydalanib xar bitta terminal imkoniyatlarni aniqlaydi. Protsessor MP xar bitta terminal uchun kerak bo‘lgan multimediyali oqimlarni shakllantiradi va ularni yuboradi. Bundan tashqari, protsessor axborotlarning xar xil tezligi bilan xar xil kodeklardan oqimlarni o‘zgartirishni ta’minlab berish mumkin.
Videokonferensaloqani tashkil qilishning gibridli tuzilmasi ikkita oldingilarning kombinatsiyasi hisoblanadi. Konferensiyada qatnashganlar
H.323 terminallari MCUga yubormasdan xamma qolgan qatnashuvchilarga faqat audio yoki faqat video oqimlarni ko‘padresli uzatishni amalga oshiradi. Qolgan oqimlarni uzatishi terminallar va MCU o‘rtasida “nuqta - nuqta” tuzilma bo‘yicha amalga oshiradi. Bu xolatda xam nazoratchi, xam MCU protsessori ishga tushadi.
5.1.10- rasm. H.323da konferensiyalarni markazlashgan va markazlashmagan tashkil qilishning tuzilmalari.
5.1.11- rasm. H.323da konferensiyalarni markazlashmagan va aralash tashkil qilinish tuzilmalari.
Videokonferensiyani tashkil qilishning aralash tuzilmada terminallarning bitta guruxi markazlashgan, boshqa guruhi esa markazlashmagan tuzilma bo‘yicha ishlashi mumkin. Markazlashmagan ko‘pnuqtali konferensiya guruhli adresatsiya texnologiyasini ishlatadi. Konferensiyada qatnashadiganlar H.323 terminallari MCUga yubormasdan qolgan qatnashuvchilarga multimedia oqimlarni ko‘padresli uzatishni amalga oshiradi. Nazorat va boshqaruv ma’lumotlarni uzatishi terminallar va MCU o‘rtasida “nuqta nuqta” tuzilma bo‘yicha amalga oshiradi. Shu xolatda ko‘pnuqtali uzatish nazorati MC nazoratchi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |