Internet promouteri - Internet marketingi bilan shugʻullanuvchi, ya’ni axborot mahsulotlari bozorini o‘rganish orqali reklama tadbirlarini tashkil etuvchi, katalog resurslari loyihasi va qidiruv tizimlarida saytlarni qayd qiluvchi reklamalarni to‘g‘ri tarqatuvchi, xizmatlarga vaqtinchalik chegirmalar beruvchi mutaxassis.
Internet provayderi - Foydalanuvchilarga Internetdan erkin foydalanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya.
IP (Internet Protocol)- Internet TCP/IP bayonnomalari yig‘masidan iborat tarmoq pog‘onasining bayonnomasi. IP bayonnomada tarmoqdagi har bir kompyuterga toʻrt xonalik IP-manzil (4 bayt) mos qoʻyiladi.
Kliyent–server zaxiralaridan foydalanuvchi kompyuter yoki programma.
LAN (local area NetWork)–geografik bir joydagi lokal tarmoq. Mahalliy (lokal) tarmoq, ya’ni ma’lum bir ofis, bino ichidagi aloqa.
Linked files – sayt asosiy sahifasi bilan bog’langan fayllar miqdori.
MAN (Metropolitan - Area Network) - Katta tezlik bilan aloqa uzatish, katta radiusga (bir necha oʻn kilometr) axborot uzatish imkoniyatiga ega kengaytirilgan tarmoq.
Marshrutizator–(router)–tarmoq paketlarini marshrutlash bilan shug’ullanadigan kompyuter tarmog’i, ya’ni paketlarning tarmoq bo’ylab eng qisqa harakat marshrutlari tanlab beriladi.
Microsoft Front Page –Web-uzelni dasturlashsiz tezda yetkazish va unda professional ravishda tayyorlangan hujjatlarni nashr etish imoniyatini beradigan maxsus vosita hisoblanadi.
MIME (Multipurpose Internet Mail Extension)–grafikani, audio va vidiofayllarni (matndan tashqari) uzatuvchi elektron pochta.
Modified Datea – soni va qaysidir saytning oxirgi o’zgarish vaqtini ko’rsatadi.
Navigation – sayt navigasiyasi rejimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |