Netscape Communication –bu dunyodagi eng ommabop va eng ko’p ishlatiladigan brauzer hisoblanadi.
NNTP (Net News Transfor Protocol)–tarmoq yangiliklarini uzatuvchi protokol.
NOC–Internet tarmoqlari orasida paydo bo’ladigan turli xil muammolarni xal qiluvchi Internet har bir tarmog’ini xususiy ekspluatasion markazi.
NSFNET–IP–texnologiyasida tashkil qilingan milliy − ilmiy fondning xususiy tarmog’i.
PAP (Password authentication protocol)–serverga ulovchi parollar sistemasi.
Pictures – sayt grafik fayllarining miqdori va umumiy hajmi.
POP (Post Office Protocol) – protokol «pochtali ofis». Xost va abonent o’rtasida pochta almashuvi uchun ishlatiladi. Abonent talabi bo’yicha ham almashuv ishlari bajariladi.
Portlar – har xil ilova va qo’shimchalar bilan aloqani qilovchi server dastur raqami (yoki port raqami).
Programma–server – o’z mijozidan buyurtma qabul qiladi, unga ishlov beradi va mijozga kerakli axborotni qaytaradi.
Protokol – ikki va undan ortiq mustaqil qurilma yoki prosessorlar o’rtasida forma va proseduralarga reklama qiluvchi qoida va kelishuvlar yig’indisi.
Reports – sayt to’g’risidagi zaruriy axborotlarni aks ettirish rejimi.
Resurs – foydalanuvchi ixtiyoriga berilish imkoniyati bor bo’lgan sistemaning mantiqiy yoki fizikaviy qismi.
Server – kompyuter–boshqalarga o’z xizmatini tavsiya qiluvchi tarmoq kompyuteri, ya’ni foydalanuvchilarning talablari bilan shug’ullanadi.
Servis markazi – internetga ulangan ko’plab kompyuter sistemalarini quvvatlovchi markaz.
Shlyuz – tarmoqni har xal kompyuter sistemalari bilan bog’lab turuvchi o’zaro harakatdagi tarmoqlararo vosita.
SLIP (Serial Line Internet Protocol) – oddiy modem liniyalarini internetga kirishda ishlatiladigan jaxon darajasidagi protokol.
Do'stlaringiz bilan baham: |