Hozirda butun dunyoda koʻplab kompyuter tarmoqlariga ulanmoqda. Butun dunyo miqyosida kompyuterlar orqali muloqot qulishi uchun ular bir-birini tushunishi kerak (mutanosibli boʻlishi kerak). Kompyuterlar mutanosibligini taʻminlash maqsadida ITO– International Telecommunication Union (xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi) tashkil qilingan. U telefon va maʻlumotlarni uzatish tizimlari nazorat qiluvchi uchta organdan iborat. Bu organ CCITT fransuz soʻzlarida Consultatif International de Teagraphique et Telefonique deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi telefon, telegraf, maʻlumotlarni uzatish xizmati sohasiga oid taxmin takliflarni ishlab chiqadi va takliflar koʻp xollarda xalqaro andozaga aylanadi.
Xalqaro andozalar ISO - (International Organization and Standardization – Xalqaro tashkilot va andozalash) tomonidan ishlab chiqiladi. U oʻziga dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarni birlashtirgan. Shu jumladan, AQShning ANSI, Buyuk Britaniyaning BSI, Germaniyaning DIN tashkilotlarini birlashtiradi.
Yana bir xalqaro tashkilot IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers - elektr va elektromuxandislik intituti) turli jurnallar chiqarishdan tashqari elektron va hisoblash texnikasi boʻyicha koʻplab andozalarni ishlab chiqadi. Lokal tarmoqlar uchun uning IEEE 82 andozasi asosiy hisoblanadi.
Kompyuterli tarmoqlar sohasida standartlashtirish bilan shugʻullanadigan tashkilotlar 2.1.1-jadvalda keltirilgan.
2.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |