Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet42/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Aloqa oʻtkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, сеансовый уровень) aloqa oʻtkazish vaqtini boshqaradi (yaʻni aloqani oʻrnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga bogʻlanish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi.

  • Transport bosqichi (Transport) paketni xatosiz va yoʻqotmasdan, kerakli ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. Shu yerda yana uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotni qayta tiklanadi.

  • Tarmoq bosqichi (Network, сетевой уровень) bu bosqich paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga oʻzgartirish, teskariga ham va shuningdek, paketni kerakli abonentga joʻnatish yoʻnalishini tanlashga (agarda tarmoqda bir necha yoʻnalish mavjud boʻlsa) javobgar.

  • Kanal bosqichi yoki uzatish yoʻlini boshqarish bosqichi (data link), bu bosqich standart koʻrinishdagi paket tuzishga boshlash hamda tamom boʻlishni boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. Shu yerda yana tarmoq bogʻlanish, uzatishdagi xatoliklarni aniqlash va yana qabul qilish qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi.

  • Jismoniy bosqich (Physical, физический уровень) – bu modelni eng quyi bosqichi boʻlib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu yerda yana ulanish moslamalariga, razʻemlarga, elektr boʻyicha moslashtirish va yerga ulanish hamda toʻsiqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi. Modelni quyi ikki bosqichining (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi (2 bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi). Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot alma shishni boshqarish usuli va paket formati (oʻlchami) yaʻni tarmoq turiga toʻgʻri taalluqli koʻrsatkichlar aniqlanadi (Ethernet, Token-Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar toʻgʻridan-toʻgʻri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholangki 3,4 va 5 bosqichlar qurilma xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar umuman qurilmalarga hech qanday aloqasi yoʻq. Tarmoq qurilmalaridan birini boshqa birorta qurilma bilan oʻzgartirilgan taqdirda ham ular buni hech

    vaqt sezmaydi. 2-bosqichda (kanal bosqichi) ikkita bosqich osti ajratiladi.
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   217




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling