Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


-jadval. Lokal tarmoqda tarmoq uzunligi va ma’lumotlarni uzatish


Download 7.57 Mb.
bet67/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

3.1.1-jadval. Lokal tarmoqda tarmoq uzunligi va ma’lumotlarni uzatish tezligining uzatish muhitiga bog‘liqligi



Kompyuterli aloqa kanali

Masofa

Tezlik

Ekranlashtirilmagan mis juftlik

90 m gacha

10 – 155 Mbit/s

Ekranlashtirilgan mis juftlik

300 m gacha

16 Mbit/s

Koaksial kabel

2 km gacha

2 – 44 Mbit/s

Optik tolali kabel

10 km gacha

10 Gbit/s gacha

Katta tarmoqlar ham foydali boʻlishiga qaramasdan, koʻpgina kompaniyalar bir bino hududidagi qurilma va kompyuterlarni lokal tarmoqlarni birlashtirishni afzal koʻrishadi.


PBX (Private Branch Exchange). Bino doirasidagi telefon simlari orqali aloqa qilishga asoslangan lokal tarmoq. U tashqi telefon liniyasiga ham ulanishi mumkin. Bu eski texnologiya boʻlib, hozirda qoʻllanilmaydi. Tezligi past.
LHT (Local Area Network). LHT esa odatda aloqa kanaliga ega boʻlishi kerak. Bu kanal simli yoki simsiz boʻlishi mumkin. LHT kommunikatsion aloqalar, tarmoq operatsion sistemasi, shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi stantsiyalar, serverlar va boshqa umumiy foydalanishga moʻljallangan qurilmalardan iborat. Bu qurilmalarga printerlar, skanerlar va saqlash qurilmalari kirishi mumkin. Katta tarmoqlardan farqli oʻlaroq LHTlarda host-kompyutyerdan foydalanilmaydi.
Lokal hisoblash tarmogʻi (LHT) bu kabelli yoki simsiz maxsus komponentlar yordamida apparatli va dasturli taʻminotda shaxsiy kompyuter (ShK) hamda atrofdagi qurilmalarni birlashtirish. LHT ning oddiy formasi ikkita shaxsiy kompyuter. Ular oʻzaro tarmoqli kabel (yoki radiotoʻlqin) orqali bir-biri bilan bogʻlangan boʻlib, oʻzining resurslaridan birga foydalanishlari mumkin (maʻlumotlar, xotira, printer, faks, skanner, dasturlar, modem va h. k.). Bir nechta personal kompyuterlarni bitta printerga ulash mumkin. Bu prinsip bugungi kunda ham qoʻllanib keladi.
Keyin birinchi Disk-Server (Disk-Servis) yaratildi. Bu markaziy kompyuter boʻlib, bir nechta ishchi stansiyalar bilan ulangan. Markaziy kompyutyerda operatsion tizim oʻrnatildi va bu bir nechta ishchi stansiyalarga (clients) bir vaqtda kirish imkoniyati yaratildi. Maʻlum bir resurslarga ulangan ishchi stansiyalarni kirish imkoniyatlarini chegaralab qoʻyish xususiyatlarga Disk-serverlar ega edi.
Bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat koʻrsatish katta xarajatlar talab qilinar edi, chunki ishchi stansiyalar boshqarar edi. Keyinchalik disk-serverlarni faylli serverlar (File-Server) bilan almashtirishdi. Bunda boshqarish vazifalarini server oʻziga oldi. Ishchi stansiya resurslariga kirishni qoʻshimcha chegaralash uchun yangi imkoniyatlar tugʻildi. Yakka ShK afzalligi bu koʻp sonli amaliy dasturlar bilan avtonomli ishlash. Buning uchun unga markaziy kompyuter resurslariga kirish kerak emas. Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta ishlangan maʻlumotlarni saqlash lokal tariqasida boʻladi. Yaʻni, bu maʻlumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham ishlamoqchi boʻlsa, ularni avval saqlash kerak yoki diskga nusxa koʻchirish kerak.

      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling