Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Deytagrammalarni lokal tarmoqlar doirasidan tashqaridagi tugunga uzatish


Download 7.57 Mb.
bet75/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Deytagrammalarni lokal tarmoqlar doirasidan tashqaridagi tugunga uzatish


Yuqorida bayon etilganlardan tugun o‘sha lokal tarmoqning (ya’ni o‘sha IR –tarmoqning) boshqa tuguniga deytagramma jo‘natmoqchi bo‘lsa, ARP protokoliqanday ishlashi oydin bo‘ldi. Endi biz bundan murakkabroq holatni – lokal tarmoq tuguni tarmoq sathidagi deytagrammani lokal tarmoqdan tashqarida bo‘lgan (ya’ni, boshqa IR – tarmoqqa) tugunga uzatishni hohlagan holatni ko‘rib chiqamiz.Bu masalani marshrutizatorlar bilan ulangan ikkita lokal tarmoqdan iborat tarmoq misolida muhokama qilamiz (3.1.5-rasm).


3.1.5-rasm. Marshrutizatorlar bilan ulangan ikkita lokal tarmoq.
E’tibor qiling, ikki turdagi tugunlar – xostlar va marshrutizatorlar mavjud. Har bir xostdafaqatbittaIP-manzil va bitta adapter bor. Marshrutizatorda har bir interfeys uchun bittadan IP-manzil bor. Marshrutizatorning har bir interfeysida o‘zining ARP-moduliva o‘zining adapteri bor. Rasmda tasvirlangan marshrutizatorning ikkita interfeysi bo‘lgani uchun uning ikkita IP-manzili, ikkitaARP-moduli va ikkita adapteri bor. O‘z-o‘zidan ma’lumki, har bir adapterning o‘z LAN- manzili bor.
1-lokal tarmoq bilan bog‘langan barcha interfeyslarning manzili 111.111.111.xxx ko‘rinishga, 2-lokal tarmoq bilan bog‘langan barcha interfeyslarning manzili 222.222.222.xxx ko‘rinishga ega. Bu misolda IP-manzilning birinchi uch bayti “tarmoq”ni, oxirgi bayt esa tarmoqning muayyan interfeysini ko‘rsatadi. Endi faraz qilaylik, 111.111.111.111 xost 222.222.222.222 xostga IP-deytagramma jo‘natishni hohlagan bo‘lsin. Uzatuvchi xost, odatdagidek deytagrammani o‘z adapteriga
jo‘natadi. Biroq bunda uzatuvchi xost adapterga LAN-manzilni ko‘rsatishi kerak. Qaysi LAN-manzildan foydalanish lozim ? Kimdir bu 222.222.222.222 xost adapterining lokal manzili, ya’ni 49-BD-D2-C7- 56-2A bo‘lishi kerak deb o‘ylashi mumkin. Biroq bu xato. Agar uzatuvchiadapter buLAN-manzildan foydalansa, 1 lokal tarmoq adapterlaridan birortasi o‘z tarmoq sathiga uzatilgan IP-deytagrammani uzatmay qo‘yadi, chunki oluvchining kadrdagi manzili 1-lokal tarmoq adapterining birorta LAN-manzili bilan mos tushmaydi. Uzatilgan deytagramma shunchaki o‘ladi. Agar 5.4-rasmga e’tibor bilan qaralsa, 2 lokal tarmoqqa deytagramma uzatish uchun uni marshrutizator interfeysiga 111.111.111.110 manzili bo‘yicha jo‘natish kerakligini ko‘rish mumkin. 111.111.111.111 xosti ma’lumotlar harakatining jadvalida (marshrutlashtirish jadvalida) 222.222.222.222 xostiga mo‘ljallangan deytagrammalarni marshrutizator interfeysiga 111.111.111.110 manzili bo‘yicha jo‘natish lozimligi ko‘rsatilishi kerak..Shunday qilib, kadrni oluvchi lokal manzili maydonida 111.111.111.110, ya’ni Ye6-Ye9-00-17-VV-4V marshrutizatori interfeysi adapterining manzilini ko‘rsatish lozim.Uzatuvchi xost 111.111.111.110 tugunning lokal manzilini qanday qilib bilishi mumkin? ARP protokoli yordamida.Uzatuvchi adapter bulokal manzilni olgani zahoti, u kadr yaratadi va uni 1-lokal tarmoqqa uzatadi.1-lokal tarmoq marshrutizatori adapteri kanal sathidagi bu kadr unga manzillashtirilganini ko‘radiva shu sababdan kadrni marshrutizatorning tarmoq sathiga jo‘natadi. IP-deytagrammasi jo‘natuvchi xostdanmarshrutizatorga muvaffaqiyat bilan uzatildi! Biroq biz hali tugatmadik. Biz endi deytagrammani marshrutizatordan oluvchiga jo‘natishimiz kerak.
Endi marshrutizatordeytagrammani qaysi interfeys orqali jo‘natish lozimligini aniqlashi kerak. Tanlov marshrutizatorda saqlanadigan marshrutlash jadvali yordamida amalga oshiriladi. Bu jadvalda marshrutizator deytagrammani 222.222.222.220 interfeysi orqali uzatish lozimligini ko‘rsatuvchi yozuvni topadi. Bu interfeys deytagrammani o‘z adapteriga uzatadi, adapter deytagrammani yangi kadrga joylashtiradi va kadrni 2- lokal tarmoqqa jo‘natadi. Endi kadrning LAN- manzili uni oluvchini ko‘rsatadi. Marshrutizator uning LAN-manzilini qanday biladi? ARP protokoli yordamida, albatta! Ethernet-tarmog‘i uchun ARP protokoli RFC826 bilan belgilangan.

      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling