3.1.2-jadval. IGMP2 protokolining xabarlar turi
Xabarlar turi
|
Jo‘natuvchi
|
Vazifasi
|
membership_query (umumiy so‘rovnoma)
|
Marshrutizator
|
Jo‘natma guruhi haqida so‘rovnoma, unga o‘zaro ulangan xostlar kiradi
|
membership_query (muayyan so‘rovnoma)
|
Marshrutizator
|
O‘zaro ulangan xostlar ichida ko‘rsatilgan guruh a’zolari bormi, shu haqidagi so‘rovnoma
|
membership_report
|
Xost
|
Jo‘natmaning muayyan guruhiga qo‘shilishni hohlovchi xostning bildirgisi
|
leave_group
|
Xost
|
Jo‘natmaning muayyan guruhidan chiqishni hohlovchi xostning bildirgisi
|
3.1.7-rasm. IGMP protokolining guruhga a’zolik haqidagi so‘rovnomasi va javobi.
Xususan, marshrutizator tomonidan jo‘natilgan har bir
membership_query xabari, shuningdek, javob uchun maksimal vaqt
maydoniga ega (3.1.8-rasm). membership_query xabarini olib, membership^report xabari bilan javob berishdan avval xost vaqtning tasodifiy davri davomida – nuldan javobning maksimal vaqtigacha oraliqda kutadi. Agar kutish vaqtida xost membership_reportxabarini jo‘natmaning berilgan guruhiga kiruvchi qandaydir boshqa xostjo‘natganini sezib qolsa,o‘zini uzatishdan to‘xtatib qoladi, chunki u marshrutizator endi uning xostlari orasida ushbu guruh a’zolari borligini bilishini tushunadi. Javobni bostirishning bunday shakli ishlab chiqarishni maqbullashtirishning turlaridan biri hisoblanadi, u xostlarga ortiqcha membership reportxabarlarini uzatishga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. Javobni bostirishning o‘xshash mexanizmlari Internetning bir qator protokollarida foydalaniladi. Ular guruhli jo‘natmaning ishonchli transport protokollarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |