O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslashuvning uch turi – 1) Bu qism (detal) 2) Texnologik yoki yarim mahsulot Predmet
- Ixtisoslashuvni aniqlash
- paxta tolasi
- Ixtisoslashuv, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas.
- Kooperatsiyalashuv pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning xamkorligidir.
- Kombinatlash kooperatsiyalashuvga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat.
- 5. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari
- Xom ashyo.
- Elektroenergiya (elektr quvvati).
shahar yoki rayon miqiyosidagi ixtisoslashuvi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida malum bir mahsulotni ishlab chiqarish biriktiriladi. O’z navbatida ixtisoslashuv shu korxona, shahar va rayonlarning “qiyofasini” ularning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi. Ixtisoslashuvning uch turi – 1) Bu qism (detal) 2) Texnologik yoki yarim mahsulot Predmet (tovar mahsuloti ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko’rinishi bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtsodiy rayonlar, shaxarlarning funktsional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi transport, iqtisodiy aloqalarni taqazo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy istemoldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda etishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi. Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zarur. Muhimi mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay balki ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha bo’lmasligi mumkin. Aytaylik rayon yoki viloyat, jamoa xo’jaligida, respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot shu erning o’zida batamom istemol qilinsa yoki anksincha ushbu mahsulot mahalliy sharoit ehtiyojini qondirmay, balki chetga chiqarilsa har ikkala holda ham to’laqonli ixtisoslashuv bo’lmaydi. Birinchi misolda oddiy natural xo’jalik, ikkinchi holda esa hom-ashyoga asoslangan qaram rayon yoki mamlakat ekanligini guvohi bo’lamiz, chunki ko’p degan so’z har doim ham ortiqcha manoni anglatmaydi. Masalan, Rossiyaning markaziy iqtisodiy rayonida Belorussiyadan ko’proq kartoshka yoki Boltiqbo’yi davlatlariga ko’ra ko’proq sut ishlab chiqariladi. Ammo na kartoshka, na sut Rossiyaning markaziy rayoni uchun ixtisoslashgan tarmoq hisoblanmaydi, zero bu mahsulotlar o’z joyida istemol qilinadi, chunki rayonning o’zida 30 mln. dan ziyod aholi yashaydi. Ayni paytda kartoshka Belorussiya uchun, sut Boltiqbo’yi davlatlariga ixtisoslashgan tarmoq bo’lib xizmat qiladi. Bu erlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan mahalliy talab qondiriladi, ortiqchasi esa chetga chiqariladi. Shunday tartibda mulohaza yuritib, O’zbekistondagi ixtisoslashgan tarmoqni aniqlash mumkin. Masalan, Respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va boshqalarga ixtisoslashgan. Ammo uni ip yoki ipak gazlamaga, un, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkulroq, chunki bu mahsulotlar O’zbekistonda hozircha etarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to’la qondirolmaydi. Ixtisoslashuv, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabhalarga molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o’qituvchi, boshqalari- agranom, muhandis, iqtisodichi kabi mutaxassislarni tayorlaydi. Chunki bular shunday hodimlarni tayorlashga ixtisoslashgan. Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuv kabi o’zining chegarasi bo’lishi lozim, o’ta tor ixtisoslashuv bu bir tomonlamalikka (ijtimoiy hayotda tor fikrlashga) yo’l xarajatlarini ko’payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo’lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakka xokimlik ham shuncha xatarlidir. Afsuski, yaqin o’tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi shu “yirik”, “eng katta”, “yagona” kabi tushunchalar bilan ifodalanar, “birinchi” bo’lish esa ko’p hollarda qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan noto’g’ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuv shahar, tuman, viloyat, iqtisodiy rayon, resurslarni, qolaversa jamiyat va kishilarning o’zini ham rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoq bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham hech 15 bo’lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo’lishi lozim. Bu erda ixtisoslashgan tarmoqni va daraxtning tanasiga, daryoga qo’shimcha tarmoqlarni esa daraxtnigng shox va shoxchalariga, daryoning irmoqlariga o’xshatish o’rinli. O’z-o’zidan malumki, tanasiz shox ham bo’lmaydi, shoxsiz daraxt esa bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham daryo tizimini shakllantirmaydi. Demak, ixtisolashuv kompleks, har tomonlama rivojlanish bilan uyg’unlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo’l qo’yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa, sobiq ittifoqdosh respublikalarning o’zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o’z aksini topmoqda. Shu sababli etibor ko’proq har bir respublikaning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot respublikani jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq qildiruvchi, uning o’rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni takomillashtirish orqali oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Kooperatsiyalashuv pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning xamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o’rnashuvi uncha sezilmaydi va, aksincha, ularning tarqoq holda joylashuvi kuzatiladi.Kooperatsiyalashuvda qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i engil va yuk mashinalari ishlab chiqarish uchun juda ko’p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvadagi engil avtomobil yoki Lixochyov nomli zavod, Tolyattidagi avtomobil zavodi (Jiguli) va shunga o’xshash birlashmalar 200 va undan ortiq korxonalar bilan hamkorlik qiladi. Madomiki asosiy yakunlovchi yoki yig’uvchi bosh korxona ko’p joydan asbob uskuna, detal va jihozlar olar ekan, u transport jihatdan qulay nuqtada joylashuvi zarur. Kombinatlash kooperatsiyalashuvga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu erda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularnig hududiy umumiyligi tushuniladi. Shu sababli, kombinatsiyada kooperatsiyadan farqlanib, ko’proq hududiylik namoyon bo’ladi. Bu ikki, yuzaki qaraganda, bir-biriga o’xshash tushuncha o’rtasida boshqa farqlar ham bor. Kooperatsiyada natija, maqsad, pirovard, mahsulot bir bo’lsa, kombinatsiyalashuvda aksincha, hom-ashyo bir bo’lib, undan olinadigan mahsulot turlichadir (2-chizma). Demak, kombinatlashuv malum bir turdagi xom-ashyoni chuqur texnologik qayta ishlash, uning chiqindilaridan to’la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. Xuddi shu manoda kombinatlashuv “to’ntarilgan” kooperatsiyadir. Kombinatlashuv bir geografik nuqtada, hatto korxonalar birlashmasi doirasida kattaroq joy yoki rayonda ham bo’lishi mumkin. Xalq xo’jaligi tarmoqlari orasida esa u ayniqsa qora va rangli metallurgiya, kimyo, o’rmon, oziq-ovqat, engil va qurilish sagoatiga tegishlidir. Xullas, bu shaklni qaerda “kombinat” so’zini uchratsak, uni o’sha sohada ko’ramiz, hatto aholiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy- xizmat kombinatlar). To’qimachilik kombinatlari yigiruv, bo’yoqlash, tayyorlash tsexlaridan iborat. Xom ashyo bitta- paxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go’sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go’sht, konserva, kolbasa kabi boshqa go’sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqindisidan masalan, suyak va qondan qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan so’ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi. 16 2-chizma. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari O’rmon, tsement-shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham huddi shunday. Qolaversa, markazlashgan issiqlik elektr stantsiyalari ham kombinat xususiyatiga ega. Chunki, ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug’) beradi. Shunday qilib kombinatlashuv sanoat tarmoqlarining ko’pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozlikda “kombinat” so’zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu erda ham u mavjud, zotan metaldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda keng istemol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samalyotdan tashqari avtomobil uchun bazi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi va shunga o’xshash turli hil xalq istemol mollarini ham ishlab chiqaradi. Yuqorida keltirilgan misolarda malum bir nuqtada yoki yirik korxonalar doirasidagi kombinatsiyani ko’rish mumkin. Uning hududiy ko’rinishi esa hududiy ishlab chiqarish kompleksini o’zginasidir. Umuman olganda ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o’zaro bog’liq. Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasida ishlab chiqarish bo’g’inlari ham u yoki bu ko’rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq bu erda ularning bir joyda Мужассамлашув (концентрация) Ихтисослашув Ишла б чиқариш ёки корхоналарни мужасс амла шуви Район ( ҳуду дий ) Шаҳар ( урбанистик ) Детал Технология Предмет ( тай ёр маҳсулот ) Тайёр маҳсулот Кооперациялашув Турли хил маҳсулотлар Комбинатлашув Хом ашё 17 to’planganligi, yig’ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo’lishi lozim, aks holda tom manodagi mujassamlashuv bo’lmaydi. Mujassamlashuv va ixtisoslashuv ayni paytda shu sohaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda korxona yoki tashkilotda kattaligi, ko’lami bilan o’lchansa, ixtisoslashuvda esa u o’z ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi. Mustaqillikni mustahkamlash va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishni barcha shakllaridan to’g’ri va oqilona foydalanish zarur. Masalan, har qanday mustaqil davlatning iqtisodiy qudratini faqat kichik yoki tor darajada ixtisoslashgan korxonalar bo’yicha parchalab yuborish maqsadga muvofiq emas. Shu bois mamlakat uchun katta, o’rta va kichik, turli darajada ixtisoslashgan korxonalarning turg’un uyushmasi, majmuasi kerak. Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini ham “pastdan”, ham “yuqoridan” qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar sarmoyalari orqali yoki ular bilan xamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo’lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o’zimizda tayorlash imkoniyatlarini vujudga keltirish zamon talabidir. Shu bilan birga mavjud imkoniyat va resurslardan to’la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko’proq tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirishga ahamiyat berish lozim. 5. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari Xalq xo’jaligining tarmoqlari o’z-o’zidan, tasodifiy hududiy tarqalmaydi, balki malum shart- sharoit va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi va hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganishga asos bo’ladi. Qonuniyatlar esa talabalarni behisob fakt va raqamlarni yodlab olishdan ozod qiladi. 3-chizma. Ishlab chiqarishni joylashtirishga tasir etuvchi asosiy omillar Bu masalani talabalarga tushuntirib berishda yaratilgan mahsulot uchun suv yoki elektr- energiya, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini ko’rsatish kifoya. Boshqacha qilib aytganda, kasr mahrajida mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omil turlari (masalan, bir tonna shakar olish uchun qancha xom ashyo, yani qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr-energiya yoki mehnat sarflanadi) turadi. Qaysi omil bo’yicha yirik son chiqsa, odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo’ladi va u ko’rsatilayotgan ishlab chiqarish tarmog’ini jamlashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani o’taydi. Shuni alohida qayd etish lozimki, malum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik Ишлаб чиқариш Фан-техника та раққиёти Иўтисодий географик өрин Ер-сув Транспорт Инфра- структура Бошқа омиллар Хом ашё ёқилғи iнергетика Ишчи кучи Iкология Бозор иқтисодиёти Истеъмол 18 “tarmoqchalar” uchun bittagina omil tegishli bo’lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog’iga kiruvchi bazi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo (metall) ko’proq ahamiyatga ega bo’lsa boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi. Endi yuqorida ko’rsatilgan asosiy omillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Xom ashyo. Tabiiyki barcha mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi. Ammo ayrim mahsulotlar olish uchun xom ashyo boshqalariga qaraganda ko’proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtirilgan. Sanoatning bazi tarmoqlari masalan, tog’-kon, o’rmon, baliqchilik sanoati tarmoqlarining joylashuvi xom ashyo bo’lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar ko’lami bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq tusga ega. Bu borada bir qator fakt va raqamlar keltirish o’rinli. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun tahminan 3 tonna xom paxta, bir tonna paxta yog’i uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yog’i uchun 3 tonna kungaboqar, 1 tonna shakar uchun 7 tonna qand lavlagi ishlatiladi. Ushbu raqamlarni nisbiy (foiz) ko’rinishida berish foydadan xoli emas. 1-jadval Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga tasir etuvchi omillar Mahsulotlar va tarmoqlar Xom ashyo yoqilg’i- energe- tika Ishchi kuchi Trans port Ekologi ya Iqtisodiy geografi k o’rin Suv Istemol Alyuminiy + ++ Misni tozalash ++ Cho’yan + ++ Temir qotishmasi + ++ + Po’lat + + Kaliy o’g’iti ++ + Fosfor o’g’iti + + + Azot o’g’iti + + ++ Sintetik tola ++ + Qishloq xo’jaligi mashinalari ++ Radio, priborsozlik, aniq mashinasozlik + ++ Tsellyuloza-qog’oz sanoati + + + + Tsement + + Paxta tolasi ++ + To’qimachilik sanoati + + + Paxta yog’i ++ Go’sht + + Sut + + Izoh: ++ hal qiluvchi tasir ko’rsatuvchi omil. + o’rtacha tasir qiluvchi omil. Chunonchi, paxta tolasining oq paxtadan chiqishi 32-33%, paxta yog’ining chigitdan olinishi 19-20%, shakarni qand lavlagidan tayyorlash 14-15% va shunga o’xshash. Demak bu korxonalar xom ashyo rayonida yoki unga yaqin maskanda joylashtirilishi shart. Xom ashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o’rganish eng avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Bu erda biz malum darajada geografik determinizmni yani tabiiy sharoitlarni ishlab chiqarish tarmoqlarining joylashuvidagi tasirini ko’rib 19 turibmiz. Bu tasir qishloq xo’jaligi ekinlarini hududiy tashkil etishda katta ahamiyatga ega – suv, iqlim va tuproq sharoitlari ko’p jihatdan qishloq xo’jaligining regional va zonal (mintaqaviy) xususiyatlarini belgilab beradi. Xom ashyo omiliga asoslanib ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish masalalari tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning atrof muhit tozaligini saqlash muammoalarini hisobga olgan holda yoritilsa mavzu mazmuni iqtisodiy geografiya iqtisod bilan emas balki ekologik yo’nalishlar bilan ham singdiriladi. Ёqilg’i – issiqlik elektr stantsiyalari, qora metalurgiya sanoatining dastlabki bosqichini (cho’yan eritish) joylashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning tasiri har doim etakchi kuchga ega emas. Issiqlik elektr stantsiyalari yoki metalurgiya zavodlari istemol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bunday xol neft va uning maxsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalarini qurishga taaluqli (yoqilg’ini quvurlarda keltirishni iqtisodiy jihatdan maqulroq) bo’ladi. Biroq, qora metalurgiya (cho’yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil emas. Malumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50%i foydali, bu “o’rtacha” raqam xamma joyda ham bir xil emas – ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19%ni tashkil etadi. Bunday konlarga Uraldagi Qo’shqonarni yoki Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Tebinbuloq konlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu erlardan qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo’lmaydi, zero unda kerakli mineraldan ko’ra foydasiz jinslar ko’proq. Shuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning xissasi oshirilishi kerak. Boyitilgandan so’ng ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi ancha past) miqdori bir necha barobar ko’payadi. Ammo bu bilan ham uning hissasi etarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari ko’proq xom ashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Bazi metallurgiya zavodlari xom ashyo va yoqilg’i rayonlari o’rtasida joylashgan, zero mazkur sanoat tarmog’i uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo’lib Cherepovets metallurgiya kombinati (Rossiya Federatsiyasi) xizmat qiadi. U Pechera kokslanuvchi ko’mir xavzasi bilan Kola yarim oroli temir rudasi konlarining taxminan o’rtasida qurilgan. Ammo korxona aniq ikki oraliq masofada emas, u biroz g’arbga “tortilgan”, sababi Sankt-Peterburg, uning yirik mashinasozlik sanoatini po’lat va prokatga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Korxona yaqinida katta suv ombori ham bor. Shuninigdek, ko’mir va temir rudasini bir-biri bilan hududiy almashuvi asosida xar ikkala rayonda shakllangan qora metallurgiya markazlari mavjud. Bu borada 30-yillarda amalga oshirilgan Ural-Kuznetsk kombinati (UKK)ni ko’rsatish o’rinli. Ushbu dastur o’rinli ishlab chiqarish majmuining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uni hayotga tadbiq etishda ham xom ashyo rayonida – Janubiy Ural temir rudasi konlari asosida (dunyodagi eng yirik Magnitagorsk metallurgiya kombinati), ham yoqilg’i rayoni – Kuznetsk toshko’mir xavzasida, yani Novokuznetskda bunday ulkan korxonalar bunyod etilgan edi. Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishini, hatto transport va qishloq xo’jaligini elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, yani elektr quvvatini jamg’arib omborxonalarga yig’ib bo’lmaydi undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak. Bundan tashqarish elektr quvvati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali uzoq masofalarga berilishi mumkin. Xuddi shu maqsadda yirik ko’mir havzalarida yirik yoqilg’i energetika majmualari barpo etilgan. Angren ko’mir xavzasida ham xuddi shunday majmua yaratilmoqda. Ammo bazan murakkab tog’ sharoitiga ega bo’lgan rayonlarda elektr quvvatini uzoqqa uzatish iqtisodiy jihatdan maqul xisoblanmaydi. Bu quvvatdan mumkin qadar shu joyning o’zida foydalanish lozim bo’lib qoladi. Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon turiga urg’u beriladi. Arzon elektr quvvati suv stantsiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha keyin ham qolaveradi., yoqilg’i elektr stantsiyalarida esa ko’mir, mazut yoki tabiiy gaz sarflanadi. 20 Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya: 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan po’latdan bir necha marta engil va chidamli) 40-50 ming kvt/s, alyuminiy uchun 17-19 ming kvt/s, misni tozalash, temir qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr pechlarida po’lat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kvt/s atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki bunday korxonalarni arzon elektr quvvati manbalariga yaqin joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi. O’rta Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi Tojik alyuminiy zavodi Norak GESiga yaqin joyda qurilgan. Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini o’z atrofiga omil sifatida “yig’ar” ekan. Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish quvvatiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi erlarni o’zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stantsiyalar vositasi bilan sug’oriladi. Elektr quvvati Norak- Tursunzoda (Regar) - G’uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu erning o’zida juda yirik mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESi qurilmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling