O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Download 456.18 Kb.
bet52/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Modellashtirish deganda nima tushiniladi?


  2. Model nima va u qanday shakllarda loyihalashtiriladi?


  3. Pedagogik modellashtirish tushunchasiga izoh bering.


  4. Pedagogik jarayon modeli qanday ko’rinishga ega?


  5. Ideallashtirish metodining modellashtirish jarayonidagi o‘rnini izohlang.




4.3. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH BOSQICHLARI

Tayanch tushunchalar: mantiq, tuzilish, tadqiqotni loyihalashtirish, tadqiqotni amalga oshirish, natijalarni qayd etish, natijalarni tahlil etish.
Ilmiy tadqiqotning natijasi, samaradorligi, uni tashkil etishga, izchilligiga bog‘liq. Mantiqiy izchillik pedagogik tadqiqot ishining tarkibiy qismlarini uzviyligi o‘zaro bog‘liqligidadir. Ular quyidagilardan iborat:
  1. Tadqiqot obyekti va predmeti uning dolzarbligi;


  2. Tadqiqot maqsadi fan taraqqiyotida tutgan o‘rni, ta’lim-tarbiya nazariyasini takomillashtirish, mavzu bo‘yicha yangi konsepsiya yaratish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;


  3. Tadqiqotning muayyan maqsadi, predmeti, ilmiy muammodan kelib chiqadigan vazifalar;


  4. Tadqiqoning konseptual asosi, nazariy qoidalari, tadqiqotning etakchi g‘oyasi. Tadqiqotchining ilmiy yo‘nalishi, dastlabki konsepsiyasi unga fanning taraqqiyotida maqsad va vazifalarni aniqlash imkoniyati;


  5. Tadqiqot natijasida fanning taraqqiyoti haqida ilmiy faraz. Ilmiy faraz o‘ziga xos dastlabki fikriy tadqiqot, ilmiy faoliyatga yo‘llovchi maqsad, motiv;


  6. Ilmiy farazni amalda sinab ko‘ruvchi ishonchli tajriba, natijaga erishadigan tadqiqot metodika;


  7. Ishlab chiqilgan tadqiqot metodikasi asosidaolinadigan ilmiy dalillar, ilmiy tadqiqotning asosiy tarkibiy qismi, tadqiqot natijasida pedagogik nazariya va amaliyotni rivojlanishi darajalarini aniqlash;


  8. Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish, asosiy natijalarni alohida ko‘rsatish, g‘oyalar, xulosalarni ilmiy ifodalash;


  9. Olingan natijalarni amalda qo‘llash tadqiqotning muhim bosqichi. Aniq metodik tavsiyalar ishlab chiqish, pedagogik qo‘llanmalar yaratish, keng pedagogik ommaga umumlashtirish.


Har bir pedagog izlanishi ana shunday ilmiy tadqiqot bosqichlariga amal qilishi, har bir bosqich uzviy bir-biri bilan bog‘liqligi fanning talabidir. Ilmiy tadqiqotning har bir bosqichini o‘ziga xos prinsiplari mavjud. Ilmiy tadqiqot boshlavchi ana shu xususiyatlarni hisobga olishi tadqiqotchilik madaniyatini egallashi zarur. Yuqoridagi talablardan tashqari har bir ilmiy tadqiqot vazifasi muayyan ijtimoiy tarixiy shart-sharoitni hisobga olgan holda tajriba-sinov o‘tkaziladi. Shuningdek, tadqiqotchi ilmiy izlanish vazifasining murakkabligi, mazmuni va metodik imkoniyatlarini hisobga oladi.


Tadqiqot jarayonida u yoki bu bosqichda, faraz kutilmagan kamchilikka uchrashi mumkin. Ana shu kamchiliklarni tuzatish tadqiqotda to‘g‘ri yo‘l tanlash, maqsadga erishish uchun tadqiqotchidan shijoat talab etiladi. Har qanday omadsiz urinish ilmiy izlanishni qulay yo‘lini, muhimi, ustivor bosh g‘oyani topish, butun muammoni yechimini aniqlaydigan metodikani yaratish. Tadqiqot boshlovchi qoidaga asosan yangi tizim yaratishga urinadi. O‘zida yangilikka intilish hissini, ko‘nikmasini shakllantirish, yangi konsepsiyalar rivojidan xabardor bo‘lish tadqiqotchilik qudratini oshiradi.
Muntazam yangi adabiyotni o‘rganib borish, konspektlash, ayniqsa, avtoreferat va maqolalarni tahlil qilish, tadqiqot metodikasini takomillashtirish, ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalar ilgari surish pedagogik tadqiqot izchilligini ta’minlaydi.
Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish bosqichlarini quyidagi tadqiqot misolida ko’rib chiqamiz.



Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling