O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasi


Download 456.18 Kb.
bet54/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasi

Mezonlar


Ko‘rsatkichlari


Respondentlar soni n= 546


Yuqori

O‘rta

Past

Nazorat guruhi

Tajriba guruhi


Nazorat guruhi


Tajriba guruhi


Nazorat guruhi


Tajriba guruhi


Bilish-axboriy


Umummadaniy va kasbiy tavsifdagi bilimlarga egalik


60

82

30

24

10

4

Pedagoglik kasbiga doir ma’naviy-madaniy o‘ziga xosliklarni bilish


32

78

28

16

40

6

Mustaqil ma’naviy-madaniy faoliyati


43

76

24

20

33

4

Qadriyatli-motivatsion


Ma’naviy madaniyat asosida kasbiy faoliyat motivlarining shakllanganligi


33

78

27

12

40

10

Ma’naviy madaniyat va tanlangan kasbga nisbatan ijobiy munosabat


37

77

22

16

41

7

Ma’naviy madaniyatga doir va kasbiy faoliyatga xohish-istakning mavjudligi


58

78

32

20

10

2

Ijtimoiy-psixologik


Ma’naviy madaniyatga nisbatan ijobiy hissiyot (emotsiya)


52

82

23

15

15

3

Guruh va yaxlit ta’lim muassasasi hayotida faol ishtirok etish


45

73

24

25

21

2

O‘z-o‘ziga ishonch, ob’ektiv o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyati


39

74

24

20

37

6

O‘z oldiga maqsad qo‘ya olish va uni amalga oshira olish ko‘nikmasiga egalik


32

62

25

32

43

6

Faoliyatni tashkil etishga doir


Ilmiy bilish metodlarini egallash, fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘ya olish ko‘nikmasiga egalik


26

61

26

34

50

5

Manbalar bilan ishlash, o‘quv faoliyatini tashkil etish ko‘nikmasiga egalik


38

76

36

20

26

4

O‘z-o‘zini nazorat qilish, mustaqil ta’lim olish, o‘z-o‘zini baholash


27

71

32

24

41

5

O‘quv faoliyatini mustaqil tashkil eta olish malakasiga egalik


24

63

36

33

40

4

Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini 1-jadval ko‘rsatkichlari asosida pedagogik oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini tajriba-sinovgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘zlashtirishlarini umumiy holda statistik tahlil qilamiz. Matematik hisoblash qulay bo‘lishi uchun reprezentativ tarzda tajriba guruhining 182 nafar, nazorat guruhining 178 nafar talabasining ko‘rsatkichlari asos sifatida olindi.


Tajriba so‘nggidagi tahlil natijalarini umumiy holda quyidagi jadvalda ifodalaymiz:


Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlari (tajriba so‘nggida)


Guruhlar


Talabalar soni


O‘zlashtirish darajalari


YUqori


O‘rta


Past

Tajriba guruhi


182

58

91

33

Nazorat guruhi


178

43

80

55

Bu tanlanmalarga mos kelgan diagrammani chizamiz:



Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini aniqlash diagrammasi (tajriba so‘nggida)
Bundan sifat ko‘rsatgichlari:

> 1;


> 0;
Olingan natijalardan o‘qitish samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi va bilish darajasini baholash mezoni noldan kattaligini ko‘rish mumkin. Bundan ma’lumki, tajriba guruhidagi o‘zlashtirish nazorat guruhidagi o‘zlashtirishdan yuqori ekan. Demak, pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari samarador ekan.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishning mantig‘i va tuzilishini bayon eting.


  2. Tadqiqotni loyihalashtirish qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?


  3. Tadqiqotni amalga oshirishda qaysi metodologik jihatlarga e’tibor qaratish lozim.


  4. Olingan natijalarni qayd etish va tahlil etish qanday ko’rinishda amalga oshiriladi?





4.4. PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT SAMARADORLIGINI ANIQLASH MEZONLARI
Tayanch tushunchalar: ta’limiy mezonlar, indikatorlar, individual-shaxsiy rivojlanish mezonlari, ko‘rsatkichlar.

Ilmiy tadqiqot samaradorligini, erishilgan natijaning haqqoniyligini aniqlashning o‘ziga xos mezonlari mavjud. Ilmiy haqiqatga erishish uchun muayyan ilmiy mezonlar qo‘llaniladi. Ilmiy tadqiqotning barcha belgilari o‘zaro bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi. Faqat tizimli tarzda, o‘zining bir butunligida ular ilmiy haqiqatni ro‘yobga chiqara oladi. Ana shu jihati bilan ilmiy haqiqat kundalik bilish haqiqatidan yoxud, boshqa bilish shakllaridan farq qiladi.


Pedagogik ilmiy-tadqiqot mezonlarining o’ziga xosliklarini quyidagi tadqiqot misolida ko’rib chiqamiz.


Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish samaradorligini baholashda quyidagi mezonlarga asoslanildi: I. Motivatsion-kognitiv: tarixiy voqealarni bilishga qiziqish va ehtiyoj; tarixiy tushuncha va atamalarni o‘zlashtirish; tarixiy voqealar mazmunini anglash; tarixiy voqelikni idrok etish; II. Ijodiy: tarixiy voqelikka ijodiy yondashish; mantiqiy-analitik fikrlash; voqealarning sabablarini mustaqil tahlil etish, voqealarga o‘zining shaxsiy munosabatini bildirish; III. Faoliyatli: tarixiy voqealarni og‘zaki, yozma va amaliy tarzda ko‘rsatib berish; mustaqil qaror qabul qilish, boshqa nuqtai nazarlarni qabul qilish va o‘z fikrini asoslash va o‘zgartirish kiritish.
Modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida «O‘qish», «Odobnoma» fanlari hamda «Tarix alifbosi» va «Tarix olamiga sayohat» qo‘shimcha kurslari o‘qitilib bo‘linganidan so‘ng, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini tashxis etish maqsadida fasilitatsion ta’lim strategiyalari qo‘llanildi. Nazorat va tajriba sinflari o‘quvchilariga sinovni o‘tkazishdan avval qo‘llaniladigan fasilitatsion ta’lim strategiyalari haqida ma’lumot berilib, bajarish tartiblari ko‘rsatildi.
Fasilitatsion ta’lim strategiyalari asosida bajarilgan topshiriqlar quyidagi mezonlar asosida tekshirildi: I. Tarixiy voqea sodir bo‘lgan davrga doir: tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, vaqt o‘lchov birliklari (asr, yil, oy); voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uni ketma-ketligi va davomiyligi haqida tushunchaga ega bo‘lish; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslash; tarixiy davr nuqtai nazaridan voqelikni baholash. II. Tarixiy voqea sodir bo‘lgan makonga doir: tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomini, uning hozirda qanday atalishini bilish; voqeani mazkur hududda sodir bo‘lish sabablarini anglash; voqeaning Vatanimiz tarixi bilan aloqadorligini baholash. III. Tarixiy voqea bilan bog‘liq dalillarga doir: voqeaning sodir bo‘lishi sabablarini izohlash; voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lish; voqeaning ahamiyatini baholash.
Mazkur mezonlar asosida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurning rivojlanganlik holatini aniqlash quyidagi darajalar asosida tahlil etildi: yuqori – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uni ketma-ketligi va davomiyligi haqida aniq tushunchaga ega; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslay oladi; tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomi, voqeani mazkur hududda sodir bo‘lishi sabablarini tushuntirib bera oladi; voqeaning Vatanimiz tarixi bilan aloqadorligini baholay oladi; voqeaning sodir bo‘lish sabablari, voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida to‘liq ma’lumotga ega; voqeaning ahamiyatini to‘liq baholay oladi; o‘rta – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uning ketma-ketligi va davomiyligi haqida tushunchaga ega; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslay oladi; tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomi, voqeani mazkur hududda sodir bo‘lishi sabablarini izohlaydi; voqeaning sodir bo‘lish sabablari, voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega; voqeaning ahamiyatini baholay oladi; quyi – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt haqida tushunchaga ega; tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomini biladi; voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega, biroq voqelikning yuzaga kelish sabablari va uning ahamiyatini tushuntirib berishda qiynaladi.

Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling