O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «Geografiya va tabiiy resurslar» fakulteti «Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar»


NEFTNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI


Download 1.14 Mb.
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1112646
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tabinbaev S

2. NEFTNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI

  • 2. NEFTNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI
  • 2.1. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi.
  • Neft bu – bir - biridan qaynash harorati bilan farq qiladigan turli uglevodorodlar (C = 83-87 %, H = 11-14 %), smola-asfalten mahsulotlari va tarkibida kam miqdorda oltingugurt, kislorod va azot saqlagan organik birikmalarining murakkab aralashmasidir. Neft odatda, qora rangli moysimon, yonuvchan suyuq modda bo‘lib o‘ziga xos hidi bor. U suvdan biroz yengil va suvda erimaydi. Neft - asosan vodorod va ugleroddan tashkil topgan.
  • Neftning tarkibini barcha uglevodorodlarning asosiy sinflari – parafinlar, naften uglevodorodlari, aromatik uglevodorodlar va ularning aralashmalari (parafin - naftenli, naften - aromatik va h.k.lar) tashkil qiladi. Neft xom ashyosi tarkibida to‘yinmagan va olefin uglevodorodlari juda ham kam bo‘ladi. Bu uglevodorodlar termik va katalitik jarayonlarda uglevodorodlarning kimyoviy parchalanishi oqibatida yengil neft mahsulot-larida hosil bo‘ladilar. Neft uglevodorodlarining asosiy sinflari bir xil taqsimlanmagan bo‘lib, ular neftning kelib chiqish tabiatiga bog‘liq bo‘ladi.

2.2.Neft va neft mahsulotlarining fizikaviy xossalari

  • 2.2.Neft va neft mahsulotlarining fizikaviy xossalari
  • Neft va uning fraksiyalarining fizikaviy va kimyoviy xossalarining funksiyasi bo‘lib, kimyoviy tarkibi, aloxida olingan komponentlarning (strukturasi) tuzilishi xamda molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari xizmat qiladi.
  • Zichlik, neft va uning fraksiyalari uchun juda keng ishlatiladigan asosiy xarakteristikalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Zichlik neftning tarkibiga bog‘liq bo‘lib, neftning tuzilishiga qarab neft fraksiyalarining ko‘pgina xossalarini aniqlash mumkin. Masalan: zichlikni bila-turib molekulyar massasini, issiqlik sigimi, xamda ko‘pgina neftning xossalarini aniqlash mumkin.
  • Molekulyar og‘irlik. Ko‘pgina neftlarning molekulyar og‘irlik 250 – 300 atrofida. Shuni eslash joizni, neftning birinchi suyuq uglevorod vakili pentan bo‘lib, uning molekulyar og‘irligi 72 ga teng. Juda yuqori molekulyar-geteroatom bog‘lanishga ega bo‘lgan neft mahsulotlari smola, asfaltenlarning molekulyar og‘irligi 1200 – 2000 ga yetadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling