g) Ishlov beruvchi qismlarining qaysi materialdan tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Tanlangan material ishlov berayotgan mahsulot va muhit ta’siri ostida chidamli bo‘lishi kerak. Bundan tashq ari ishchi qismlar tayyorlangan materialning yemirilish darajasi juda kichik bo‘lishi kerak, hamda mahsulotning sifatiga ta’sir qilmasligi lozim; - g) Ishlov beruvchi qismlarining qaysi materialdan tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Tanlangan material ishlov berayotgan mahsulot va muhit ta’siri ostida chidamli bo‘lishi kerak. Bundan tashq ari ishchi qismlar tayyorlangan materialning yemirilish darajasi juda kichik bo‘lishi kerak, hamda mahsulotning sifatiga ta’sir qilmasligi lozim;
- d) Jihozlar konstruksiyasi optimal texnologik jarayon talablarini hisobga olib tayyorlanishi kerak. Buning uchun yangi mashina va jihozlarni yaratishda asosan ikkita muhim masala hisobga olinishi lozim: yuqori ish unumdorligini va uzoq muddat ishlashini ta’minlash; tayyorlash, ta’mirlash va ishlatishda maksimal iqtisodiy tejamkorlikka erishish;
- Neftni qayta ishlash zavodlarida uch tipdagi elektrodegidratorlar ishlatiladi:
- - vertikal;
- - gorizontal;
- - shar ko‘rinishida.
- 2. Neftni barqarorlashtirish texnologiyalari
- Hattoki neftni ko‘p bosqichli kon oldi separatsiyasidan keyin ham uning tarkibida anchagina mikdorda S1-S4 uglevodorodlarni ko‘prok qismi neftni bir rezervuardan boshqasiga o‘tkazilganda, saqlash va transportirovka qilishda yo‘qotilishi mumkin. Gazlar bilan birga qimmatli yengil benzin fraksiyalari yo‘qotiladi.
- Gazlar va yengil benzin fraksiyalarini yo‘qotilishini, havoni ifloslanishini oldini olish uchun qimmatli gaz holatdagi komponentlarni ushlab qolish uchun NQIZga jo‘natilishidan avval S1–S4 uglevodorodlari undan maksimal ajratib olinishi lozim. Ushbu vazifa odatda neft konlariga yaqin joylashtirilgan neftni barqarorlashtirish qurilmalarida yechiiladi.
- Agarda neft barqarorlashtirilmasa va uning yengil fraksiyalarini yo‘qotilishini oldini olish choralari qurilmasi, neftdan 2% gacha ushbu fraksiyalar yo‘qolishi mumkin. Bir tomondan, bu katta iqtisodiy yo‘qotishlardir, chunki S1 – S5 – uglevodorodlar qimmatli neftkimyo sintezi hom ashyosidir, boshqa tomondan esa – havo basseynini uglevodorodlar bilan anchagina ifloslanishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |