Muomaladapsixologik aloqa o'rnatish bosqichlari
Bo'Jajak muloqotni bashorat qilish. Psixologik aloqa o'matishning samarali bo'lishida dastlabki rejalarning bo'lishi maqsadga muvo- fiqdir.Buning uchun muloqotga kirishuvchi shaxs to'g'risida birlamchi ma'lumotlarga ega bo'lish zarur.
Muloqotni engillashtiruvchi tashqi omillarni (sharoitlarni) yaratish. Nutq madaniyati, mimika, tashqi ko'rinish psixologik aloqa o'rnatishda ijobiy natija beradi. Masalan, suhbat yurituvchining o'zini tutishiga qarab suhbatdoshda emosional holatlar yuzaga keladi. Suhbatdosh bilan muloqot boshidanoq hamfikr bo'lishga harakat qilish kerak.
Umumiy va barqaror qiziqishlar doirasini aniqlash. Muloqot boshida shaxs bilan umumiy til topishga harakat qilish darkor, umumiy qiziqishlarning borligi emosional turg'un holatga olib keladi. Bu o'z-
o'zidan suhbatdoshni samimiy bo'lishga undaydi, psixologik iqlimni mo"tadillashtirib mavqeni tenglashtiradi.
Muomaladagi og'ishlarni bartaraf etish psixologik aloqa o'rnatishning majburiy omili hisoblanadi. Bu muloqotga begona shaxslarning aralashishi, xonada begonalarning borligi muloqotning kechishiga xalaqit beradi va hissiy zuriqishlarni keltirib chiqaradi.
Individual (alohida) ta'sir etish. Psixologik aloqa o'rnatishning yakuniy bosqichi huquqshunosning suhbatdoshiga alohida ta'siri hisoblanadi. Bu ta'sirning asosiy maqsadi kerakli, ishonchli ma'lu- motlarni olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |