O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Download 0.5 Mb.
bet66/98
Sana05.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#213903
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98
Bog'liq
Psixologiya - 2012

Amaliy muloqot treningi — IPTning bir ko'rinishi bo'lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo'ladigan kommunikativ malaka, ko'nikma vabilimlami hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo'i-yo'riqlarini birgalikda topfeh, katta auditoriya oldida so'zlashga o'rgatish, majlislar o'tkazish, janjalli, nizoli holatlarda o'zini to'g'ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa — trening qatnashchilari ongiga birovlami tu- shunish, o'zini o'zga o'miga qo'ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o'zinikini uyg'unlashtira olish g'oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o'yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi.

  • Asosiy atama va tushunchalar

  • Shaxs, o'zligini anglash; ta'sirga beriluvchanlik; konformizm, nokorformizm, ta'sir ko'rsatish madaniyati; shaxs e'tiqodi, xulq normalari, ijtimoiy norma, ijtimoiy sanksiyalar, ijtimoiy rollar, ijtimoiy ta'sir, muomala, psixologik ta'sir, verbal ta'sir, paralingvistik ta'sir, noverbal ta'sir, ta'sirning tashabbuskori, ta'sirning adresati, insoniy munosabatlar psixologiyasi, o'zaro munosabatlar, samarali ta'sir, shaxslararo muomala, bir-birini tushunish, ijtimoiy tajriba, muloqot, kommunikativ uquvsizlik, diskommunikasiya holati, ijtimoiylashuv jarayoni, faol muloqotning paradoksal tomoni, tinglash mahorati, professional tinglash texnikasi.

  • Rezyume

  • Shaxsga xos xulq normalari ijtimoiy kutishlar va sanksiyalar tufayli yuzaga kelib, bu uning ijtimoiy rollarni bajarish shart-sharoitlarida namoyon bo'ladi. Shaxs dunyoqarashi va e'tiqodini o'zgartiruvchi kuchlar sifatida esa, bugungi kun psixologiya fani dunyoqarash, ma'naviyat va ma'rifat, yoshlarning ma'lumotlilik darajasi, oila, ota- onalar savodxonligi, bobolar va momolar, hamda ijtimoiy ustanovkalar kabi alohida ahamiyatga molik ijtimoiy omillar ketma-ketligini ajratib ko'rsatadi.

  • Insoniy munosabatlar psixologiyasi deganda, bu awalo, o'zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlarning bundan ko'zlaydigan asosiy maqsadlari majmuasi tushuniladi. O'zgalarga samarali ta'sir eta olishga bo'lgan intilishi esa, muloqotning tuzilmaviy tomonlarini tadqiq etishni shakllantiradi. Shu bois, ushbu yo'nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlarda muloqotning kommunikativ tomonini ma'lumotlar almashinuv jarayoni sifatida baholangan. Uning interaktiv hamda perseptiv tomonlari esa idrok qilishning persepsiya mexanizmlarini o'rganishni taqozo etadi.


  • Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling