O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar»


Download 6.87 Mb.
bet14/36
Sana24.08.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1669794
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
bt-sti-majmua-barno

Tayanch tushunchalar: adabiy janr, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, topishmoq


ADABIYOTLAR
1. Karima Qosimova va boshqalar “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent 2009.
2. Nurmatova M. Ifodali o`qish to`garagi. “Til va adabiyot ta`limi” 1992 yil. 1-son.
3. Jalilova M. Ne`matova G. Takrorlash mashg`ulotlarini “Topqirlar bellashuvi” tarzida o`tkazish. “Til va adabiyot ta`limi” 1994 yil 2-3 qo`shma sonlari.
4. J.O.Tolibova. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. - T.: 2005.


Adabiy janrlar haqida ma’lumot
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi.
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir”.
Ertak o’qish metodikasi
Ertak xalq og’zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo’lib, ularda kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko’pida real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qo’shilib ketadi. Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi; undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qaxramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, undagi ezgu kuchning – yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish formasi, bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, oxangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifodali vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlarga bo’linadi.
Ertakning pedagogik qimmati shundan iboratki, bolalar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yozuvlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doim shunday bo’lishini istaydilar. Ertak bolalarda personajlarning xatti-harakatini muhokama qilib baholash ko’nikmasini o’stiradi. O’quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqadi? Nima uchun? ...nima uchun jazolanadi (yoki rag’batlantiriladi)? Nima uchun ertakdagi ba’zi qaxramonlarga xatto tabiat kuchlari ham yordam beradi, ba’zilaridan esa, aksincha, yuz o’giradi? kabi savollarga javob berish uchun o’ylaydilar, ertak qaxramonlarining xatti-harakatini muhokama qilib, uni baholashga o’rganadilar. Masalan, “Ur to’qmoq” ertagidagi asosiy fikr yaxshilikka-yaxshilik qaytishi, yovuzlik qoralanishini ifodalashdan iborat bo’lsa, “Donishmand” ertagida ahillikka undashdan iborat. Ertakda halq o’z hayotini o’zi hikoya qiladi, shuning uchun o’quvchilar ertakni o’qish bilan ma’lum davrdagi halq hayotini, o’ylari va orzu-istaklarini bilib oladilar. Ertak o’quvilar nutqini o’stirishda ham katta ahamiyatga ega. Ertak matni bog’lanishli nutqni o’stirish uchun zarur material beradi. Kichik yoshdagi o’quvchilar ertakni juda qiziqib, obrazli ifodalarni va tasviriy vositalarni, shuningdek, ertakning o’ziga xos sintaktik qurilishini, gap tuzilishini saqlagan holda jonli aytib beradilar.



Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling