O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar»


Download 6.87 Mb.
bet20/36
Sana24.08.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1669794
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
bt-sti-majmua-barno

Tadbir maqsadi

O'qituvchi faoliyati

O'quvchi faoliyati

1







Matematik o'yinlar

Sehrli kvadrat

Tez va aniq hisoblash

O'yinniboshqarish,o'quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish

Mantiqiy flkrlash

2







Qiziqarli
matematik
soatlar

Rebuslar, fokuslar, Krоssvordlar

Matematika
darslarida
olingan
bilimlarni
chuqurlashtirish

Turli rebuslami, krossvordlami tay­yorlash

Rebuslar va krosvordlami topish

3







Matematik viktorina

Hamma narsalarni bilishni istayman

Murakkab masalalar

Turli murakkab masalalami tayyor­lash va viktorinani boshqarish

Hamma masala­larni bilishga intiladilar

4







Matematika ertaligi

Tarixiy masalalar

Tarixiy mi­sollarni o'rganish

Misollarni tayyor­lash va ertaliklami boshqarish. Tarixiy misollarga qiziqti­rish

Misol­larni
yechishga harakat qilish

5







Matematik to'garaklar

Mashhur matematik olimlaming hayoti va faoliyati

Olimlarning matematikaga qo'shgan hissasi, m­at.tarix.o`rg.

Matematika to'ga- ragini boshqarish va ssenariy yozish

Tarixiy material­lar to'plami

Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashg'ulotlar tizimli ravishda o'tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajaril­ishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qa­tor o'ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. O'z mazmuni bo'yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o'quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.

  2. Boshlang'ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to'plangan turg'un qiziqishlari haqida hali gapirib bo'lmaydi.

  3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish rag'batlantirilishi kerak.

  4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg'ulotlar mazmuniga va o'tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham mo'ljallangan bo'lishi mumkin.

Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish turlari

Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarning yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.


Sinfdan tashqari ishlarga matematik o‘n minutliklar, matematik ertaliklar, matematik viktorinalar, matematik kechalar, matematik KVN lar, matematik burchaklar, matematik gazetalar, matematik to‘garaklar, matematikadan olimpiadalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarda qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, ko‘p yechimli masalalar, ma’lumotlari ortiqcha yoki ma’lumotlari yetishmaydigan masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, matematik o‘yinlar, fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy ma’lumotlar berish va boshqalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to'garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida-topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy mate­matik topshiriqlarga o'xshash bo'lmasligi kerak.
Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va ge­ometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, top- ishmoqlar va boshqalar material bo'lib xizmat qiladi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling