O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar»


Matematik to‘garak, matematik o‘n minutliklar tayyorlash va o‘tkazish metodikasi


Download 6.87 Mb.
bet24/36
Sana24.08.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1669794
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
bt-sti-majmua-barno

Matematik to‘garak, matematik o‘n minutliklar tayyorlash va o‘tkazish metodikasi

REJA:
1. Mavzu mazmuniga kirish:


2. Matematika fanidan tashkil etiladigan to‘garak mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan talablar.
Matematika to‘garagida foydalaniladigan materiallarni tasnifi.
3. Matematika to‘garagini rejasini ishlab chiqish.
4. To‘garak rejasi asosida mashg‘ulot ishlanmasini tuzish usullari.
Tayanch tushunchalar: matematika to‘garagi,geometrik, figura, qobiliyat, individual,


ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 yil.
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil.


Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishning asosiy formasi matematika to‘garagidir. Tajriba kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan 1-sinfdan (II-chorakdan) boshlab to‘garak mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ammo odatda bu ishni II-IV sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. O‘qituvchi to‘garak a’zolari bilan haftada bir marta o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni oldindan rejalashtiradi.
To‘garak mashg‘ulotlarini 2-sinflarda 30-35 minut, 3-4-sinflarda 35-40 minut davomiyligida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Matematik to‘garak ishini rejalashtirishda shuni hisobga olish kerakki, alohida olingan mashg‘ulot qo‘yilgan masalalarni to‘la hal qilmaydi. Hamma rejalashtirilgan mashg‘ulotlarning o‘rganilishi nazarda tutilgan savollarning to‘la ishlanmasi bilan birgalikdagi oldindan o‘ylab qo‘yilgan sistemasi zarur.
Shu munosabat bilan yarim yilga yoki birdaniga bir yilga mo‘ljallangan reja tuzish kerak. Bunda butun materialni shunday taqsimlash lozimki, u shu vaqtda darsda o‘rganilayotgan mavzular bilan bog‘lik bo‘lsin. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishning boshida rejada o‘zgarishlar, to‘ldirishlar kiritiladi.
Mavzuni butun o‘rganishni qiyinroq masalalarni yechish, shuningdek topqirlik, ziyraklik, diqqat talab qiluvchi masalalarni yechish, kichik-kichik qiziqarli savollarni almashlab borish foydalidir.
Boshlang‘ich sinflarda quyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish mumkin:
1 - mashg‘ulot
1. O‘zbek matematiklaridan al-xorazmiyning bolaligi va sonlarni qanday topganligi haqida suhbat.
2. O‘ylagan sonni topish o‘yini.
2 - mashg‘ulot
1. Geometrik figuralarni tuzilishi va chizilishi haqida (qog‘oz va kartondan yasash).
2. Tartib bilan sanash o‘yini.
3 - mashg‘ulot
1. Ulug‘bekning bolaligi va matematikaga oid ishlari.
2. Qiziqarli masalalar.
4 - mashg‘ulot
1. Faraz qilish usuli bilan yechiladigan masalalar.
2. Tarozi bilan ishlash.
5 - mashg‘ulot
1. «oilada matematika» masalasini yechish.
2. Hazil masala.
6 - mashg‘ulot
1. Umar hayyom hayoti haqida suhbat.
2. Kalendar tuza olasizmi.
7 - mashg‘ulot
1. Mitti va ulkan sonlar haqida suhbat.
2. Mantiqiy masalalarni yechish.
8 - mashg‘ulot
1. Abu ali ibn sinoning ijodi.
2. 9 ga oid 9 topshiriqlarini bajarish.
9 - mashg‘ulot
1. Maktab hayoti bilan bog‘langan masalalarni yechish.
2. Ko‘rgazmali qurollar yordamida tenglik, tengsizlikni o‘rganish.
10 - mashg‘ulot
1. Gugurt cho‘plari bilan ishlash.
2. Pulli hisoblashlarga doir masalalar.
Yuqoridagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan masalalar savol va o‘yinlar hamda qiziqarli misol va jumboqlardan ayrimlarini sanab o‘taylik.
I. Qiziqarli masalalar va savollar.
1. Bir milliard hosil qilish uchun necha kg olish kerak? Necha tonna olish kerak? (1000000 kg, 1000 t).
2. Agar odam har kuni 8 stakan suv ichsa, 50 yilda necha litr, necha chelak, necha bochka suv ichadi?
Izoh: 1 yil – 365 kun, 1 chelak – 12 litr, 1 bochka – 40 chelak.
3. Agar odam har kuni 100 metr yo‘l yursa, 50 kunda necha metr yo‘l yuradi? 5 –yildachi?
4. Uzunligi 36 metr bo‘lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotadi. Sotuvchi chitni necha marta kesgan? (11 marta).
5. Ahmad qog‘ozga 7 ta gul chizdi. Buni ko‘rgan singillari esa undan 1 tadan gul berishni so‘radi. Uning 7 ta singillari bor. U singillarni iltimosini bajarish uchun qaychini olib, chizilgan varaqni 3 to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kesganda hosil bo‘lgan har bir qismda 11 tadan gul rasmi qoldi. Buni qanday bajargan?
6. Bir bola ko‘chaga chiqib, yo‘ldan bir so‘m pul topib oldi. Agar ko‘chaga 2 ta bola chiqqanda edi, necha so‘m topib olgan bo‘lardi? Savatda 6 ta olma bor. Shu olmalarni 6 ta bolaga shunday bo‘lib beringki, natijada savatda ham 1 dona olma qolsin? 1 km 1 metrdan 1000 marta katta bo‘lsa, 50 km 50 metrdan necha marta katta bo‘ladi? (1000 marta)
7. Quyon 4 oyog‘ida tursa 5 kg, agar agar 2 oyog‘ida tursa necha kg bo‘ladi? (5 kg).
8. 1 tayoqning 2 uchi bo‘lsa, 1 yarimta tayoqning nechta uchi bo‘ladi?
9. Qayin daraxtining 8 ta shoxi bor. Har shoxida 8 ta shoxcha, har 1 shoxchada 8 ta olma bor. Hamma olmalar qancha? (kayin daraxtida olmalar bo‘lmaydi).
10. Bir bola 20 dan 22 ni ayirib 88 hosil qildi. U qanday amal bilan bajargan?



Хх

22




88

11. O‘quvchi 18 sonini 2 ga bo‘lgan ekan, o‘ntadan chiqibdi. U qanday bo‘lgan?
12. 3 ta gugurt cho‘pidan hech qanday sindirmay 4 hosil qiling? (iv).
13. Qurt 1 kunda 5 metr balandga chiqib, 1 metr pastga tushadi. 10 metrlik daraxtga nechanchi kuni chiqadi? (6 kuni).
Bilasizmi?
1. Tuyaqush yer yuzasidagi eng katta qush, uning ogirligi 90 kg gacha yetadi.
2. Yer yuzasidagi turli xil xasharotlar turi 800 mingdan ortik.
3. Eng novcha odamning buyi 2 m 83 sm, eng past bo‘yli kishi esa 42 sm bo‘lgan.
4. Xozircha eng ogir odamning vazni 404 kg, eng yengil odamning vazni esa 905 kg ekanligi aniklandi.
5. Bitta asalari 1 kg asal yig‘ishi uchun 300000 metr masofani uchib o‘tishi, 9 million gulga kunishi kerak bo‘lar ekan.
6. Filolog olimlarning kursatishicha, yer yuzidagi xalklar 2796 ga yakin tilda gaplashadilar (bunga bir necha til ichidagi turli xil shevalar kirmaydi).
7. Millard minut tukkiz asrdan kupdir. Agar eramiz boshidan xisolashadigan bo‘lsak, 1902 yilda milliardinchi minut utganining guvoxi bulamiz.
8. Milliard marta nafas olish uchun 95 yildan ortikrok yashash kerak.
9. 70 yoshgacha kirgan kishining umri taxminan 23 yil uxlashga, 18 yili esa gapirishga, 6 yili yeyishga, 1,5 yili yuvinishga ketish aniklandi.
Ogzaki viktorinalarda takdim kilingan xazil masalalaridan foydalanish:
1. 2 va 3 orasiga kanday belgi kuyilcha 2 dan katta 3 dan kichik son xosil bo‘ladi? (vergul 2,3).

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling