O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o`qitish (O`zbek tili)


Sharif Yusupovning “Furqat yo`llarida”asari


Download 111.41 Kb.
bet9/15
Sana16.10.2023
Hajmi111.41 Kb.
#1704666
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Reja Kirish. Ishning umumiy tavsifi. I bob Furqatshunoslikning-fayllar.org

2.1. Sharif Yusupovning “Furqat yo`llarida”asari
Sharif Yusupovning “Furqat yo`llarida” adabiy-tanqidiy maqolalar to`plami 1984-yil chop etilgan. Olimning ko`p yillar mobaynida mamlakatimiz arxivlarini, qator qo`lyozma fondlarini o`rganish natijasida chiqargan xulosa va umumlashmalarining mahsulidir. Uning furqatshunoslik bilan shug`ullanishiga voqeani ham ayni kitobdan bilib olishimiz mumkin. Dastlabki sabab,1975-yili Furqatning navbatdagi tanlangan asarlari uchun taqriz yozish Sharif Yusupovga topshiriladi. Kitob bilan tanishayotib Furqat “Sabog`a xitob” she’riy asarida salom yo`llagan shaxslarga qiziqib qoladi. She’rda 28 kishining ismi keltirilgan bo`lib, ularning barchasi Furqat uchun qadrdon va aziz kishi bo`lganligi o`tli salomlar yuborilganligidan bilsak bo`ladi. Shunday qilib , tadqiqotchi olim toshkentlik, marg`ilonlik, qo`qonlik va boshqa yerlik qariyalar bilan suhbatlashib, arxivlar va kutubxonalardan ma’lumot izlay boshlaydi. Izlangan sari yangidan yangi ma’lumotlarga ega bo`lgan olim furqatshunoslik uchun g`oyat muhim mulohazalarni to`playdi. Tadqiqotlari asosida maqolalar va risolalar yozadi. Sharif Yusupov o`zidan oldin Furqat haqida tadqiqotlar olib brogan olimlarning asarlari bilan tanishib chiqadi va hali buyuk ma’rifatparvar hayotining ochilmay qolgan qirralari mavjudligini anglaydi. Keyingi sabab , o`ziga qadar Furqatning lirik she’rlarini tahlil etgan V.Zohidov, Maqsud Shayxzoda, A.Abdug`afurov kabi tadqiqotchilar uning poetikasiga anchagina e’tibor bergan bo`lsalar ham ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlarni talqin qilmagan edilar. Olim ma’rifatparvarlik ruhida she’rlari o`rganilishi muhim asarlardan ekanligini ta’kidlaydi.

Uchinchi sabab, Furqat chet elda yashashga majbur qilingach nega aynan Yorkentda muqim yashab qolganligiga qiziqish bo`lgan. Buni olim tarixiy faktlar orqali o`rganib izohlab bergan. Bundan tashqari, Furqatning sayohatdagi vaqtlarida Zavqiy va Toshboltuga xat yo`llaganligi, N. Ostroumovga xat-xabar, gazetada chop etish uchun asarlarini jo`natib turganligi ma’lum. Olim faktlarni o`rganish jarayonida M.Andreyev, V.Stepanov, Ahmadjon Mahmudov, Hamza Hakimzoda Niyoziylar ham turli yillarda Furqatning oldiga borib kelganligini aniqlaydi.


Bu yangiliklarning barchasi “Furqat yo`llarida” kitobida aks ettiriladi. Kitobning birinchi qismi “Bolalikdan balog`atga” deb atalgan. Unda Furqat boigrafiyasiga oid ma’lumotlar keltiriladi. So`ng uning Marg`ilonda tanishgan do`stlariga oid ma’lumotlarni keltiradi. Bu ma’lumotlarni Sharif Yusupov Marg`ilondagi safari chog`ida yoshi ulug` insonlar bo`lgan suhbatlarda bilib olgan. Dastlab, Furqatni Marg`ilonga taklif qilgan Muhammad Sharif haqida fikr yuritadi. Sharif Yusupov suhbar chog`ida Marg`ilonlik savdogar Muhammad Sharif va “Yorkand shahridan Toshbultuga xat” da Mirzo Sharif deb atagan do`sti aslida bir odam ekanligi aniqlaydi. Muhammad Sharif ham she’riyatga ixlosmand bo`lib, Obid taxallusi bilan shuhrat topgan. U Furqat, Zavqiy, Rojiy Marg`iloniy va boshqalar bilan do`st bo`lgan. Sho`ro hokimiyatining dastlabki yillarida Mirzo Sharif qo`rboshilarni o`xshatib xajv qilgani uchun Marg`ilon rastasida kaltaklanadi va o`zi o`nglolmagan shoir 1920-yil vafot etadi.
Furqat “Ahvolot”da “ko`p borikbin va xirad oyin kishi” sifatida ta’rifangan do`sti Mulla Shamsiddin mufti marg`ilonlik ilm ahllari davrasida mashhur bo`lgan. Furqat Mulla Shamsiddin orqali Rojiy Marg`iloniy bilan tanishadi. Rojiy “aruz fanida ko`b mohir kishi” bo`lib, “turkiy g`azal mashqida ko`b latif va ravon” ligi haqida Furqat qayd etib o`tgan. Shuningdek, Sharif Yusupov Rojiy Marg`ilonda rus-tuzem makatablari ochilishida ham faol bo`lgan. Olim “Yorkand shaxridan Toshbultuga xat”da Furqat salom yo`lagan Hoji domla bilan Qarshiy domla haqida ham ba’zi ma’lumotlarni aniqlashga muvaffaq bo`lgan. Hoji domla Mahdumboy madrasasida mudarrislik qilgan. Qarshiy domla ham shu madrasada murarrislik qilgan.Uning ilmi komil, she’riyatda peshqadam bo`lganligi marg`ilonliklar orasida mashhur bo`lgan. Marg`ilonlik qariyalardan Abdullaxon Alixonovning qo`lida Qarshiy domla o`zi kitob qilgan qimmatli bayoz ham bo`lib, undan Furqat asarlari ham joy olgan.
Furqat Yorkentdan yozgan she’riy maktubi yo`llangan Toshboltu Roiq taxallususi bilan asar yaratgan. Olim uning o`g`li hali hayot ekanligini aniqlaydi.
Xulosa qilib olim, “Marg`ilonda Furqat ijodkor sifatida yangi bosqichga ko`tarilishiga, ilmini takomillashtirishiga, she’riyat bobida ustoz darajasiga yetgan qalam sohiblari bilan abadiy do`stlashuviga yordam erishdan tashqari, o`sha davrdagi mahalliy xalq hayotida yangi va ulkan voqealardan bo`lgan gazeta bilan tanishuviga , gazeta orqali ma’rifatparvarlik faoliyatida ilk odimlarni tanlashiga ham ko`p jihatdan qulay sharoit vujudga kelgan edi” deydi.
Ikkinchi qism “Toshkentdagi faoliyat” bo`lib unda Fur qatning Toshkentdagi hayoti aks ettirilgan. Furqat Toshkentda do`sti Hoji A’zam ko`magi bilan Ko`kaldosh madrasasidagi bir hujraga joylashadi. Shoir bu yerda Sattorxon Abdug`afforov, Jo`rabek Qalandarqori o`g`li, Muhiddinxo`ja Hakimxo`ja o`g`li Saidrasul Saidrasul o`gli va boshqalar bilan do`st tutunadi.
Keyingi qismda ularning faoliyatlari va Furqat bilan qanday aloqasi bo`lganligi izohlab beriladi. Furqat rus ziyolilaridan S. Gramenitskiy, G. Mitropolskiy, V. Stepanov, M. Lyutov, E. Gradusov va boshqalar bilan tanish bo`lgan ulardan so`nggi madaniy yangiliklarni bilib olgan. Ammo Turkiston o`lkasiga demokrtik g`oyalar kirib kelishiga to`sqinlik qiluvchi rus ma’murlari Furqatni ham uning rus do`stlarini ham ta’qib va vatanjudoliklarga duchor etadilar. Arxivda saqlanayotga N. Ostroumovning kundaligini o`rganib chiqqan Sharif Yusupov, uning qanchalar ikkiyuzlamachi bo`lganligiga guvoh bo`ladi. Furqatga boshqa shaharlarga borib yangiliklar bilan tanishib kelishni taklif qilgan N.Ostroumov u ketgach turkistonning barcha darvozalarini shoir uchun yopib qo`yadi. Uning do`stlarini ham ta’qib ostiga oladi.
“Furqat yo`llarida” kitobining adabiyotshunoslik uchun muhim qismlaridan biri “Musaddasning abadiyati”dir. Unda Furqatning eng mashhur musaddasi “Sayding qo`yaber, sayyod…” haqidagi yangi mulohazalar berilgan. Olim adabiyotshunoslarning musaddas haqidagi tarqoq fikrlarni bir yerga jamlab, arxiv materiallarini o`rganib “Sayding qo`yaber, sayyod…” Sa’dulloning o`limiga bag`ishlab Furqat tomonidan yozilganini uzil-kesil ma’lum qiladi. Shuningdek, bu musaddasning Andalib musaddasidan farqlari aniq ko`rsatrib beriladi.
Kitobning keying bobi “Ma’rifat mash’ali shoir qo`lida” deb nomlangan. Uning birinchi bo`limida “Gimnaziya” “Akt majlisi xususida” “Ilm xosiyati” haqida she’rlarning yaratilish sabablari va ular haqida olim to`plagan ma’lumotlar keltirilgan.
Furqatning “ Gimnaziya” she’ri 1890-yil 23-martda gimnaziyani tomosha qilgandan so`ng yozilgan. 1890-yil 17-aprelda “Turkiston viloyatining gazeti”da
chop etilgan. Sharif Yusupov she’rning qo`lyozma nusxasini o`qib chiqishi natijasida u aslida “Toshkand shaxrining podsholik gimnaziyasi, ya’ni katta madrasasini hurmatli Nikolay Petrovich Ostroumov ijozati bilan xo`qandlik kamina Zokirjon Furqat va Hoji Zuhur tamosho qilg`onimiz xususida” deb nomlanganini aniqlaydi. She’rning so`zboshisi bo`lgan va oldingi sonida nashr qilingan. Olim shu o`rinda vstavkani Furqat bilan birga tomosha qilgan Hoji Zuhur haqidagi ma’lumotlarni ham keltirib o`tadi. “Gimnaziya” she’ri haqida fikr yurita turib olim “ Furqat endina ko`ran hayot voqealarini saralaydi, poetiklashtiradi, ularning o`quvchiga ham ta’lim, ham estetik zavq beradigan jihatlariga asosiy e’tibor qaratadi.
Alar ilmidin ijod o`lsa tong yo`q,
Sikandar ko`zgusi Jamshid jomi.
Ana shu qiyos zamirida, ana shu istiqbolni ko`zlash zamirida o`z xalqini zamon lmidan, istiqbol ilmidan xabardor qilishga, uni davr talablari darajasiga yetib olishiga kuchli da’vatni payqamaslik emas degan” xulosaga keladi.
Furqatning “Akt majlisi xususida” she’ri “Turkiston viloyati gazeti”ning 1890-yil 2-iyuldagi 26-sonida chop etilgan. Sharif Yusupovning qator izlanishlari natijasida shu ma’lum bo`ladiki, akt majlisi bo`lgan kuni Sa’dullo bilan birga Furqat ham yovuz niyatli kishilaring “ziyofat”iga taklif qilingan edi. Furqat baxtli tasodif tufayli muqarrar o`limdan qoladi, ya’ni o`sha paytda akt majlisida ishtirok etayotgan bo`ladi.
Sharif Yusupovning kata yutuqlarida biri Furqat ijodini o`rgnishda faqat asl nusxadagi hujjatlardan foydalanligidadir. “Akt majlisi xususida” asarining dastxat nusxasini o`rganilganda 102 misra masnaviyning 26 misradan iborat qismi tushirib qoldirilganligi ma’lum bo`lgan. Shu o`rinda Furqatning “Sabog`a xitob” she’rining
280 misradan 202 misraga keltirilganligi eslash joiz deb topdik. Olim dastxat nusha va undan keyingi nushalarni o`qib chiqib barcha tushib qoldirilagn parchalarni keltirib o`tadi.
“Furqat yo`llarida” bir qator muhim yangiliklar qatorida Furqatning qo`lyozmalari ga ham toxtalib o`tilgan. Furqatning dastxatlarini topishni G`ulom Karimov boshlab bergan. 1959-yil Olmaotadagi Respublika Davlat arxividan Furqatning 18 maktbini
va to`rt kichik ilmiy asarini topib keladi. “Sharq yulduzi” jurnalining 1960-yilgi 1-sonida bu asarlar haqida maqola yozadi. Sharif Yusupov ushbu maqoladan so`ng qo`lyozmalarni o`rganish to`xtab qolganligi, asl nusxalar bilan ishlash nechog`li muhim ekanini takidlab o`tadi.
Furqat “Sabog`a kitob” deb ataladigan katta she’riy maktubida 28 do`stining nomi keltirgan. Dastlab, she’riy maktubdagi 3 shaxsni G`ulom Karimov o`z tadqiqotlarida yo`l- yo`lakay fikr bildirish bilan cheklangan. Olimning 1978-yilda “Guliston” jurnalida “G`urbatda Furqat” deb nomlangan tadqiqoti chop etiladi. Bu maqola “Furqat yo`llarida” kitobidan ham o`rin olgan.Unda Hoji A’zam,Mirmaqsud oqsoqol, Abdul Azizxon Yusuf boyvachcha, Mirzahalil,Qori Siddiq, Valihoji, Yoqubxoji, Mirzahoshim kabi savdogarlarning hayotini , uning Furqat qanday bog`liqligini yoritgan.



Download 111.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling