O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o`qitish (O`zbek tili)


Furqatshunoslikning tadrijiy taraqqiyoti


Download 111.41 Kb.
bet5/15
Sana16.10.2023
Hajmi111.41 Kb.
#1704666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Reja Kirish. Ishning umumiy tavsifi. I bob Furqatshunoslikning-fayllar.org

1.2 Furqatshunoslikning tadrijiy taraqqiyoti
Ulkan so'z san'atkori, o'zbek xalqining ardoqli ma'rifatparvar, vatanparvar shoirlaridan biri sifatida shuxrat qozongan Zokirjon Xolmuhammad o'g`li Furqatning ijodiy merosi doimo xalqimiz tomonidan e'zozlab kelingan. Furqat hayoti va ijodini o'rganish juda erta – shoir she'rlarini to'plashdan boshlangan edi. Zokirjon endigina 24 yoshga to'lganda, uning she'rlari qo'lyozma she'riy to'plamlar – bayozlarga kiritila boshlanadi. Keyinchalik katta-katta qo'lyozma va toshbosma bayozlarda shoirning o'nlab g`azallari, muxammaslari va musaddaslari o'rin olgan.Bularga “Bayozi maa’ hajviyoti mavlono Muqimiy maa’ mavlono Furqat”, “Bayozi Mulla O`tab”, “Bayozi Muhallo”, “Bayozi Haziniy”, “Armug`oni Xislat” 11kabilarni misol keltirsa bo`ladi.

1890-yildan esa adibning o'sha paytlarda o'zbek tilida chop etilgan yagona nashr – “Turkiston viloyatining gazeti”da e'lon qilingan she'rlari va maqolalari Furqat nomini yanada mashhur bo'lishiga sabab bo'ldi. Adib hayoti va ijodini o'rganishda qimmatli manba bo'lgan “Xo’qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, o'zi yozg’oni” esdalik-memuarlari ham shu gazetaning o`n uchinchi sonida bosilgan. Furqat xorijda ekan, 1896-yili rus missioneri N. P. Ostroumovning “Сарты” asarida uning “Toshkent shahrida bo`lgon nag`ma bazmi xususida”, “Bal xususida” manzumalari hamda “Ahvolot” asari rus tiliga so`zma-so`z tarjimasi bilan bosilib chiqadi. 1894-yili Sankt-Peterburgda Rusiya Arxeologiya jamiyati Sharq bo`limi Axboroti VIII jildida Furqatning “Muxammas Muhammad Xudoyorxon tilidan” asari to`la holda ruscha tarjimasi va izohlar bilan e`lon qilinadi. Furqat haqidagi ayrim ma’lumotlar XX asr boshlarida Turkistonda faoliyat olib borgan sharqshunos olim A. Samoylovich, tarixchi-etnograflar V.P. Nalivkin , M. Gavrilovlar ishlarida ham uchraydi. A.Samoylovich 1908-yilda Furqatning Istambuldan do`stlariga yo`llagan she’riy maktubining avtograf nusxasini qo`lga kiritadi. Mazkur « Axborot»ning 1909 - yilgi12-sonida shoirning « Sabog`a xitob» asarining dastxat nusxasi haqida A.N. Samoylovich axboroti, she`riy maktubning boshlanishi va oxiri, unga muallif tomonidan yozilgan kirish so`z va so`ng so`z chop etiladi.


Jadidlar shoir hayoti va ijodiga alohida qiziqish bilan qaraganlar. Ismoilbek Gasprali tomonidan nashr etilgan “Tarjimon” gazetasining 1896-yil 18- avgust 32-sonida bu paytda xorijda yashayotgan shoir Furqat va uning jurnalistik faoliyati to`g`risida xabar-maqola e`lon qilingan. Xabar-maqola Furqat va jadidchilik masalalarini o`rganishda muhim ahamiyatga ega. XX asr boshida Orenburgda nashr etilgan “Sho`ro” jurnali va uning Turkiston jadidchilik harakatida tutgan mavqei mutaxassislarga ayon. Mazkur jurnalning 1909 – yil 1-sonida yoq Furqatning “Muxammas Muhammad Xudoyorxon tilidan” asari to`la holda e`lon qilinishi shoir ijodiyotiga jadidlarning katta qiziqish bilan qaraganligini ko`rsatuvchi yana bir muhim dalildir. Bu davrda garchi Furqat haqida qator ishlar amalga oshirilgan bo`lgan ham shoir hayoti to`liq aks ettirilmadi.



Download 111.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling