O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Avliyakulova Nafisa Muzafarovna


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/60
Sana04.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1748170
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Bog'liq
12544 2 9130A4A4CB13ED9DF858CD650BE5E86FFC00DAC0

Ch 
 
Chiziqli perspektiva-deb narsalarning kishilar koʼzidan uzoqlashgan sari ularning 
oʼlchovlarida roʼy beradigan qisqarib koʼrinishiga aytiladi.
Chuqur fazoviy kompozitsiya-bunday kompozitsiyalar asosan jamoat va turar-joy 
binolarini ichki qismini, xususan yoʼlak, karidor, foe, uy xonasi kabilarni loyihalashda 
ishlatiladi. 
Sh 
 
Shaxsiy soya-tasvirlanayotgan mavjudotlar tanasidagi yoki ularning tasviridagi 
soya. 
Shedu-qadimgi Sharq, Oldi Osiyo xaykaltaroshligida uchraydigan atama. Unda 
boshi odam, tanasi buqa tasvirlanadi. 
Shingob-rang nomi, tilla rangiga oʼxshash rang. 
Shmutstitul–nemis tilidan olingan boʼlib, ifloslanish, sarlavxa, titul soʼzlarini 
ifodalaydi. Va u kitoblarini ifloslanishidan saqlashga xizmat qiladi. U kitobning titul 
varagʼi yoki kitob bobidan oldin qoʼyiladigan qogʼoz varaq. Shumtstitulda kitob nomi 
yoki bob nomi, kitob va nashriyot nomi, badiiy bezaklar ham ifodalanadi. 
Shtrixlash-qalam yoki shu kabi ish qurollari bilan rasm chizganda qoʼllaniladigan 
uslub. 
 
 
 
 


164 

Ekslibris-bir shaxsning kutubxonasiga tegishli ekanligini bildiruvchi tamgʼa. 
Unda shaxsiy kutubxona egasining ismi va familyasi, shuningdek unda biror tasviriy 
belgi boʼlishi ham mumkin. Ekslibrislar gravyura uslubida tayyorlanadi. 
Ekspozitsiya-lotin tilidan olingan boʼlib, koʼrsatish, namoyish etish maʼnosini 
anglatadi. Tasviriy sanʼatda muzey, badiiy koʼrgazmalarda sanʼat asarlarini 
tomoshabinga namoyish etish tushuniladi. 
Eksponat–lotin tilidan olingan boʼlib, koʼrgazmaga qoʼyilgan degan maʼnoni 
bildiradi. Tasviriy va amaliy sanʼatda namoyish etilayotgan asar tushuniladi. 
Ekspressionizm-lotin tilidan olingan boʼlib, ifodalash maʼnoisini anglatadi va u 
XIX asr boshlarida adabiyot va sanʼatda paydo boʼldi. Bu yoʼnalishdagi rassomlar 
ijodida zamonaviy sivilizatsiyaning inqirozi va insoniyatni xalokatga yetaklayotgan 
voqealar aks etdiriladi. Shuningdek, ularda urush va insonlar xuquqini oyoq osti 
qilinishga qarshi mavzular va tasviriy vositalar ishlatildi. Ekspressionizm oqimida 
ishlangan rangtasvir va grafik ishlarda (qarama-qarshi och, toʼq, oq, qora ) rang 
dogʼlarini keng qoʼlanilishi asar gʼoyalarini yorqin ifodalashga yordam bergan. 
Emblema-yunon tilidan olingan boʼlib, biron gʼoyani shartli tasvirlash 
maʼnosini anglatadi. Masalan, kitob tasviri maʼnaviyat va taʼlim belgisidir. 
Eskiz-frantsuz tilidan olingan boʼlib, xomaki tasvir maʼnosini anglatadi. 
Rangtasvirda u boʼlgʼusi asarni kichik oʼlchovdagi xomaki ishlangan namunasi. Unda 
suvrat kompozitsiyasi, mazmuni, ranglari, asosiy detallar tasvirlanadi. 
Estamp-grafikaga doir mustaqil asar. Ular gravyura uslubida koʼp nusxada 
tayyorlanadi va ish muallifning rassomning koʼrigidan oʼtkaziladi, zarur boʼlgan 
taqdirda ularga qisman tuzatishlar kiritiladi va ish tagiga rassomning shaxsiy imzosi 
qoʼyiladi. Estamplar oq-qora yoki rangli boʼlishi mumkin. 
Etyud-frantsuz tilidan olingan boʼlib, mashq qilish maʼnosini anglatadi. Etyud 
rassomni kelajakda biror asar yaratishidagi, dastlabki tayyorgarlik bosqichidir. U 
tasviriy sanʼatning deyarli barcha janrlarida ishlatiladi. Bir suvrat uchun koʼplab 
etyudlar ishlanishi mumkin. 


165 
Etyudnik–rassomning ish qurollari va materiallarni solib yuradigan qutisi. 
Unda moʼyqalam, boʼyoq, qogʼoz, karton va boshqa shu kabilar saqlanadi. Etyudnik 
rassomga manzara, portret, etyud ishlaganda molbert vazifasini ham oʼtaydi. 
Etiketka-grafikaning bir turi boʼlib, koʼpincha u sanoatda ishlab chiqilgan 
mollar haqida maʼlumotlar yozib va ularni mol ustiga yopishtirib qoʼyiladi. 
Namoyishga qoʼyilgan yoki muzeylarda saqlanayotgan tasviriy sanʼat asarlari ham 
etiketkalari boʼladi. Etiketkalarda asarni yaratgan muallifning ismi va sharifi, uning 
nomi, yaratilgan yili, qanday materialdan ishlanganligi yozib qoʼyiladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling