O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Avliyakulova Nafisa Muzafarovna


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/60
Sana04.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1748170
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
12544 2 9130A4A4CB13ED9DF858CD650BE5E86FFC00DAC0

Ya 
 
Yakuniy bezak-kitob grafikasiga mansub boʼlib, uning bob yoki fasllari
qismlarining oxirida boriladigan tasvir. Ular naqshli yoki mazmunli boʼlishlari 
mumkin. 
Yarim soya-turli-tuman mavjudot va narsalar tanasidagi shuningdek, ularning 
tasviridagi yorugʼ va soyalari oʼrtasidagi qismi. 
Yashil-rang nomi, toʼq barg rangi. 
Oʼ 
 
Oʼzbekiston xalq rassomi-Oʼzbekiston tasviri sanʼatini rivojlantirishda koʼplab 
halqga manzur yuksak badiiy saviyada asarlar yaratishda koʼrsatgan katta xizmatlari 
uchun rassom va xaykaltaroshlarga beriladigan davlat unvoni. 
Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan sanʼat arbobi-Oʼzbekiston sanʼati (musiqa, 
teatr, kino, meʼmorchilik, tasviriy va amaliy sanʼat v.b.) rivojlantirishdagi katta 
xizmatlari, koʼplab yuqori badiiy saviyada sanʼat asarlarini yaratganliklari uchun 
sanʼat namoyondalariga davlat tomonidan beriladigan unvon. 
 
 


166 
 

 
qoʼshimcha ranglar-asosiy ranglar hisoblangan qizil, sariq, zangori, shuningdek 
oq va qora ranglardan tashqari barcha ranglardir. 
qoralama-qora qalam, retush, ugol (koʼmir), sous, sangina kabi ish qurollari 
bilan tez va qisqa vaqt davomida bajariladigan xomaki rasm. 
 

 
Haykal-xaykaltaroshlik mahsuli boʼlib, ular loy, tosh, yogʼoch, temir, moʼm 
kabi materiallardan hajmli qilib ishlanadi. Xaykallarni yumaloq va relьfli turlari 
boʼladi. 
Haykaltaroshlik-tasviriy sanʼatning bir turi. Bunda odam, xayvon va 
qushlarning hajmli tasviri turli materiallar yordamida ishlanadi. Xaykaltaroshlikda 
koʼpincha tosh, yogʼoch, loy, gips, metall kabi materiallardan foydalaniladi. Uning 
mayda plastika, terrakota, dastgoxli xaykaltaroshlik, mahobatli xaykaltaroshlik
istirohat bogʼi xaykaltaroshligi, dekorativ xaykaltaroshlik kabi turlari bor. 
Havo rang-rang nomi, osmon rangi.
Hajmli 
kompozitsiyalar-xaykaltaroshlikda 
amaliy 
sanʼat 
va 
meʼmorlikdaqoʼllaniladi. Bunday kompozitsiyalar uch oʼlchovli boʼlib, ularni har 
tomondan kuzatish mumkin. 
Hajm (relьf) perspektivasi-Har qanday narsalar kishi koʼzidan uzoqlashgan sari 
faqat oʼlchov, rang jihatdan emas, balki relьf perspektivasiga duch keladilar. Bunda 
predmetlar oʼz hajmini yoʼqotib, yupqa boʼlib koʼrinadilar. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling