Shamol energiyasi. Bug‘ dvigatellari paydo bo‘lguncha, Angliya,
Germaniya, Fransiya, Daniya, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda shamol
energiyasidan juda katta masshtabda sanoatda va qishloq xo‘jaligida ko‘llanib
kelingan. SHamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan xozirgi
ishlar, katta alohida shamol generatorlari yaratish va ularning energiyasidan ishlab
turgan energiya tarmoqlariga ulashdan va asosiy tarmoq sifatida foydalanishdan
iboratdir. (4-rasm).
4-rasm. SHamol generator qurilmasi va elektrostansiyasi
Dunyoda eng katta quvvatli shamol elektrostansiyasi.
2009 yilning kuzida «E.ON Climate and Renewables» kompaniyasi tomonidan AQSHning Texas shtati markaziy qismida joylashgan Rosko shahri yonida, dunyoda eng quvvatli «Roscoe Wind Farm» shamol energoqurilmalari parki ishga tushirildi. «Roscoe Wind Farm» shamol energoqurilmalari parkidagi har birining quvvati 1,25 MVt bo‘lgan 627 shamol energoqurilmalari, 400 km2 maydonga o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy quvvati 781,5 MVt ga teng (12-rasm).
12 -rasm. Eng katta quvvatli shamol elektrostansiyasining
ko‘rinishi.
«Roscoe Wind Farm» shamol energoqurilmalari parkigacha eng katta
quvvat-li shamol energoqurilmalari parki «Horse Hollow Wind Energy Center»
hisoblangan. AQSHning Dallas shahridan 160 km uzoqlikdagi 190 km2 maydonga
o‘rnatilgan 394 dona shamol turbinalarining umumiy quvvati 735,5 MVt ni tashkil
qiladi. Ulardan 1,5 MVt li 291 dona turbinalar «General Electric» firmasi tomonidan, 2,3 MVt li 103 dona turbinalar «Siemens» firmasi tomonidan ishlab
chiqilgan.
Dunyoda eng katta quvvatli offshor shamol elektrostansiyasi.
2009 yilning sentyabr oyida, Shimoliy dengizning Daniyadagi Yutlandiya
yarim oroli qirg‘oqlarida, 91 dona shamol energoqurilmalaridan tashkil
topgandunyoda eng quvvatli «Horns Rev – 2» offshor shamol elektrostansiyasi
ishga tushirildi [14]. «Siemens» kompaniyasi ishlab chiqarganhar bir shamol
energoqurilmalarining quvvati 2,3 MVt ga, «Horns Rev – 2» offshor shamol
elektrostansiyasining umumiy quvvati esa 209,3 MVt ga teng. SHamol
energoqurilmalari dengiz suvi sathiga nisbatan 114,5 m balandlik ka o‘rnatilgan
(13-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |