O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 6.5 Mb.
bet42/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

9.1-rasm. Chorbog’ GES


G’azalkent GESidan quyida Chirchiq daryosida G’azalkent gidrouzeli joylashgan bo’lib, unda Chirchik GESlar kaskadi derivastion kanalini ta’minlash uchun suv oluvchi inshoot (vodozabor) va Bo’zsuv kanali mavjud. Undan quyida joylashgan ko’pchilik GES lar dirivastion kanalli bo’lib, dirivastion kanallar sxemasi asosida qurilgan. Ularning har biri elektr energiya ishlab chiqarish bilan birga, qishloq xo’jaligi erlarini sug’orish ishlarida va suv ta’minoti manbalari sifatida katta ahamiyatli hisoblanadilar.


Farxad gidro elektr stanstiyasi Tojikiston Respublikasining Xo’jan shahri yaqinida va O’zbekiston Respublikasining Sirdaryo viloyatida joylashgan bo’lib, qurilish davrida O’zbekistonning eng yirik GES laridan hisoblangan. Elektr stanstiya derivastion turda qurilgan bo’lib, 22 km li hududda joylashgan murakkab inshootlar kompleksini tashkil etadi. Elektr energiya ishlab chiqarishdan tashqari, Farxod GESi bir qator sug’orish kanallari uchun suv manbai hisoblanadi.



9.2-rasm. Farxod GES mashina zali va BSQ

Farxod GESining quvvati 126 MVt bo’lib, yillik o’rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi 830 mln kVt·s ni tashkil etadi. Stanstiyaning to’g’oni rostlanuvchi suv hajmi 350 mln m3 va maydoni 48 km2 bo’lgan Farxod suv omborini hosil qiladi.


Andijon GES lar kompleksi bir to’g’ondan foydalanuvchi ikki GES (Andijon GES va Andijon GES-2) dan iborat. Gidrouzel Qoradaryoning Farg’ona vodiydan chiqishidagi Xonobod hududida joylashgan. Gidrouzelning asosiy vazifasi, asosan, sug’orish-ekinchilik manfaatlari uchun suv oqimini boshqarish bilan birga, elektr energiya ishlab chiqarishdir.
Gidrouzel tarkibiga quvvatlari 190 MVt va 50 MVt bo’lgan stanstiyalar kiradi. Yillik o’rtacha elektr energiya ishlab ishlab chiqarish 171,1 mln kVt·s tashkil etadi.
G’uzor GESi 1988 yilda sug’orish ishlariga mo’ljallangan suvni yig’ish uchun qurilgan G’uzor gidrouzeli to’g’oni yonida 2011 yilda ishga tushirilgan. Quvvati 45 MVt, yillik o’rtacha elektr energiya ishlab ishlab chiqarish 80,9 mln kVt·s tashkil etadi.
Ushbu stanstiyalar jihozlari o’z resurslarini allaqachon ishlatib bo’lgan va ham jismonan, ham ma’nan eskirgandir.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling