Qurilmani o’rnatish tartibi:
Xo’jalikda to’plangan bioaralashma miqdorini aniqlash;
Reaktordagi kerakli hajmni aniqlash;
Qurilma joyini aniqlash;
Reaktor uchun kerakli materiallarni tayyorlash;
Kiritish va chiqarish quvurlarini tekshirish;
Reaktorni o’rnatish;
Yuklash idishini tayyorlash;
Gaz chiqarish quvurini o’rnatish;
Xomashyoidishi uchun qopqoq tayyorlash;
Reaktorning germetikligini tekshirish;
Bo’yash va issiqlikdanajratish materiallarni o’rash;
Biogaz qurilmasini ishga tayyorlash.
Qurilmani yasash uchun tayyorgarlik ishlari.
Biogaz qurilmasi uchun joy tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
Maydon tanlash, yashash joyidan uzoq yoki yaqinligini hisobga olish, go’ng chiqadigan joyni o’rganish, hayvonlar boqiladigan joyni o’rganish, xomashyosaqlanadigan va ular yuklanadigan reaktorniimkon darajasida chuqurlikda joylashtirishga harakat qilish kerak.
Bunda haroratni boshqarish oson, issiqlikdan ajratuvchi materiallar (qum va tuproq)dan foydalanish qulay, issiqlikni rostlash materiallari arzon va qulay bo’lishi lozim.Bunday materiallarga somon, qum, shlak va quruq go’ng kiradi (10.5-rasm). Bu materiallar qavatma-qavat joylanadi, avval somon sepiladi, qum tuproq yoki soz tuproq, reaktorning yuqori qismigacha shunday sepiladi. Keyin soz tuproq bilan shlak aralashmasi quyiladi, bunda aralashma qalinligi 300 dan kam bo’lmasligi kerak. Yer bilan himoya o’rtasi polietilen bilan qoplanadi.
Somon Qum
Shlak Quruq go’ng
10.5 - rasm. Issiqlikdan ajratuvchi mahsulotlar
Reaktorni yig’ish.Reaktor metalldan yoki qurilish matreallaridan tayyorlanishi mumkin, masalan: g’isht, sement va toshdan. Reaktor, albatta, yopiq va korroziyaga chidamli bo’lishi kerak.
Avvalo, chiqindilarni yuklash va chiqarish quvurlari montaj qilinadi. Quvurlar qarama - qarshi tomonga joylashtiriladi. Chunki yangi tushayotgan xomashyo, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga aralashib ketmasligi lozim. Buning uchun diametri 150 dan kam bo’lmagan quvurlar ishlatiladi. Yuklab olish quvuri idishga mahkamlanib, keyin reaktor asosga o’rnatiladi va issiqlikdan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |