O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 6.5 Mb.
|
Muqobil majmua 2023 yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.4-rasm. Kichik hajmli biogaz olish uskunasi
10.5– jadval
Kichik biogaz qurilmasi jihozlari
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, bu qurilmani qurish uchun juda kam mablag’ talab etiladi. Qurilma ancha sodda bo’lib, asbob-uskunalarsiz qurilmani yig’ish mumkin. Bu qurilmani har bir xo’jalik barpo etsa bo’ladi. Bu tipdagi oddiy biogaz uskunasi asosan (1-10) gacha hajmli bioreaktorlarda kuniga (50-200) kg xomashyoni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, bijg’itish jarayoni 5 dan 20 gacha haroratda olib boriladi. Ushbu bioreaktorlar janubiy mintaqalar uchun aralashmani aralashtirmasdan va qizdirmasdan foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, biogaz va bioo’g’it olishga moslashtirilgan: yangi aralashmani quyish uchun yopiq idish, biogazni yig’ish moslamasi, ishlatib bo’lingan aralashmani quyish moslamalaridan iborat. O 10.4-rasm. Kichik hajmli biogaz olish uskunasi ’rtacha bir oilaga mo’ljallangan kichik hajmli biogaz qurulmasiga 200 kgli biomassa solinib, kuniga 10%ni almashtirgan holatda 1 m3 biogaz olish mumkin. Agar har bir xo’jalik egalari (0,5 – 1) bioreaktor qurilmasini o’rnatsa, kuniga (3 – 10) gacha biogaz olishlari mumkin. 10.4-rasmda kichik hajmli biogaz olish uskunasining tuzilishi keltirilgan. Qayta ishlangan biomassa bioreaktordan yangi aralashma quyishdan avval yoki hosil bo’lgan gaz bosimi yordamida chiqaruvchi quvur yordamida quyib olinadi. Ushbu quyib olingan biomassa (bioo’g’it) maxsus idishda (vaqtinchalik yig’gich) saqlanadi.Uning hajmi bioreaktor hajmidan kam bo’lmasligi lozim. Ushbu tipdagi oddiy biogaz uskunasidan har qanday fermer xo’jaliklari o’z hududlarida qurib foydalanishlari mumkin. Ushbu oddiy tipdagi biogaz uskunasini qurish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: xo’jalikning kunlik chiqindisi hajmidan kelib chiqib, bioreaktor hajmini tanlash; biogaz uskunasiga aralashmani yuklash va quyib olish uchun mos keladigan joyni tanlash; bioreaktordan aralashmani quyib olish uchun qulay bo’lgan holdagi quyish, yuklash quvurlarini tanlash va o’rnatish; so’ngra yuklash idishi va biogaz yig’iladigan moslamani tanlash va yig’ish; bioreaktorning germetikligini tekshirish, bo’yash va issiqlikdan ajratilganligini ta’minlash zarur. Aralashmani qo’lda quyish va aralashtirishga hamda bioreaktor ichida aralashmani qizdirishga ixtisoslashtirilgan biogaz uskunasi quyidagi jihozlardan tashkil topgan: Reaktor; Yangi xomashyolarni yuklash uchun idish; Biogaz chiqish qurulmasi; Yangi suyuq go’ng yuklash qurilmasi. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling