O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


-rasm. Eng katta quvvatli offshor shamol elektroqurilmalarini


Download 6.5 Mb.
bet40/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

13-rasm. Eng katta quvvatli offshor shamol elektroqurilmalarini
o‘rnatish.
«Horns Rev – 2» offshor shamol elektrostansiyasigacha dunyoda eng katta
offshor shamol elektrostansiyasi, qirg‘oqdan 5,2 km uzoqda hamda Angliyaning
Linkolnshir grafligidagi Skegness shahri yaqinida joylashgan «Lynn and Inner
Dowsing»shamol energoqurilmalari parki hisoblanardi.SHamol energoqurilmalari
parki, «Siemens» kompaniyasi ishlab chiqargan,har biri 3,6MVt quvvatga ega
bo‘lgan 54 dona shamol turbinalaridan tashkil topgan. SHamol energoqurilmalari
parkining umumiy quvvati 194,4 MVt ga teng bo‘lib, ular dengiz suvi sathidan 107
m balandlikka o‘rnatilgan.
Energo qurilmalarning minorasi, dengiz tubiga qoqilgan qoziq fundamentlarga o‘rnatiladi. Qoziq-fundamentlarni o‘rnatish uchun maxsus kema
qurilgan. Kema chayqalmasdan ishlashi uchun, dengiz tubiga tayanadigan 6 dona
gidravlik tayanch bilan jihozlangan. Offshor shamol energoqurilma-lari
o‘rnatiladigan suvning chuqurligi 30 m dan oshmaydi.

8-MAVZU: SUV ENERGIYASIDAN FOYDALANISH


Reja:

  1. Suv energiyasidan foydalanish.

  2. Gidravlik energiya.

  3. GES qurilishi tarixi.

  4. Gidro akkumulyastiyalovchi elektr stanstiya.

Kalit so’zlar: gidravlik energiya, mexanik energiya, gidro-energetika, gidrotrubinalar, GES, turbine parrag, gidroagregat, kinetic energiya, zahira generatorlar,nasos, IES, gidroagregat.


Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4512-sonli «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni 2013 yil 1 mart.
2. Lyashkov V.I., Kuzmin S.N. Netraditsionnыe i voznoblyaemыe istochniki energii. – Tambov: Izd-vo TGTU, 2003. -96 s.
3. Muxitdinov M., Ergashev S.F., Isakulov J.I. Quyosh energiyasidan foydalanish. Toshkent. DTM. 1999. -107 b.
4. Xayriddinov B., Sodiqov T., Nuriddinov B. O‘rta maktabda geliotexnika elementlari. –T.: Fan, 1995. 192 b
5. SHodimetov K. Muqobil energiya turlari-hayotga! T.: SHarq NMAK, 2011. 88 b.
6. Qahhorov C.Q., Samiev K.A., Jo‘raev H.O. Quyosh qurilmalaridagi jarayonlarni modellashtirish. T.: ITA-Press, 2014. – 208 b.
7. Qahhorov S.Q., Jo’rayev H.O. Fizika ta’limida geliotexnologiya. T.: Fan, 2009. -191 b.

Gidravlik energiya – harakat qilayotgan suv massasi oqimi hosil qilgan «suv bosimi» energiyasidir. Insoniyat suv energiyasini ishlatganda, aksariyat, pastga tushayotgan suv bosimidan foydalaniladi. Buning uchun XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan o’tmishda, harakatdagi suv energiyasini, qurilma valini aylantiruvchi mexanik energiyaga o’zgartiruvchi suv g’ildigidan foydalanilgan. Keyinroq, undan tezkor va samarali bo’lgan gidro turbina paydo bo’ldi. XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrda aylanuvchi val energiyasidan masalan, faqat suv tegirmonlarida donni unga aylantirish va temirchilik bolg’asini harakatga keltirish uchun foydalanilgan.


Elektrlashtirish, deb nomlangan «oltin asr» kelishi bilan suv g’ildiragining qayta tug’ilishi nishonlandi, biroq endi u boshqa ko’rinishda (suv turbinasi yoki gidroturbina shaklida) qayta vujudga keldi. Shu davrda mexanik energiyani elektr energiyaga o’zgartib beruvchi generatorlarning valini aylantirish zarur edi. Bu esa, ko’p yillik sinovlarda o’z o’rnini topgan suv energiyasi yordamida bajarilishi mumkin, natijada zamonaviy gidro-energetika sohasi tug’ildi.
Hozirgi kunda gidroturbinalar hosil qilayotgan barcha mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilmoqda. Butun dun’yoda muqobil energiya manbalariga ehtiyoj baland bo’lgan hozirgi zamon elektr energetikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sifatida gidro elektr stanstiya (GES) birinchi galda ahamiyatli, deb hisobnadi. Bunda GESlarni IES o’rnida ishlatish qimmat baho yoqilg’ini sotib olish ehtiyojini bartaraf etadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling