O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliy sanat turlari
ZARDO’ZLIK SAN’ATI Yosh avlodning har tomonlama kamol topishida estetik va badiiy tarbiya alohida o’rin tutadi. Bu tarbiyani amalga oshirishda maktablar va maktablardan tashqari muassasalarda xalq amaliy san’atining keng tarqalgan turlaridan: naqqoshlik, kulolchilik, misgarlik, ganchkorlik, yog’och o`ymakorlik, kashtachilik qatori milliy zardo’zlik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimizda quyidagi maqollar bor: “Hunardan rizqing unar”, “Hunari yo’q kishining, mazasi yo’q ishining”. Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omili bo’lgan mutaxassis kadrlarni tarbiyalashninig asosiy yo’riqnomasi 1997 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb-hunar ta’lim tizimini yangilashga katta e’tibor berildi. Hozirgi kunda xalq amaliy san’atining eng ommaviy turlaridan biri bo’lib borayotgan zardo’zlikdan umumta’lim maktablari, o’quvchilar uylari va saroylaridagi to’garaklarda ish olib borilmoqda, lekin hozirgacha umumta’lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalarda zardo’zlik to’garaklari ishini rejali amalga oshirish uchun maxsus dasturning yo’qligi ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Zardo’zlik san’atiga bo’lgan muhabbatni uyg’otish, o’quvchilarga zardo’zlik san’ati va uning turlarini, har xil kompozitsiyalar chizishni o’rganish, ularda san’atga xos ko’nikma va malakalarni shakllantirish, go’zallikni his qilish, mehnatga muhabbatni tarbiyalash va kelgusida ularning kasb tanlashga yordam beradi. 25 Zardo’zlik to’garagi mashg’ulotlari o’quvchilarning yoshi, qobiliyati va bilim darajasini hisobga olib, kichik o’rta va katta guruhga bo’lib o’rgatiladi. Bir yillik mashg’ulotlar uchun kichik guruhda 144 soat, o’rta va katta guruhlarda 216 soatdan vaqt ajratiladi. Mashg’ulot o’tadigan xona yorug’ va toza bo’lishi kerak: sinf taxtasi, har xil stendlar, ko’rgazmali tayyor liboslar, kerakli material, xom-ashyolar bo’lishi lozim. Zardo’zlik to’garagini tasviriy san’at o’qituvchisi, zardo’ziy ustalar olib borishi mumkin. Bunda har bir guruhda 5-6 ta o’quvchi bo’lgani ma’qul. Zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh kompozitsiyasini ishlashda naqsh usullarining chizig’ini o’rganish orqali o’quvchilarning mustaqil naqsh tuzish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ma’naviy go’zallikni his qilish va oldingi mashg’ulotlardan olgan bilimlarini mustahkamlashga erishiladi. Zardo’ziy naqsh kompozitsiyasini ishlash uchun bir necha naqsh chizib, mashq qilinadi va eng yaxshisi tanlab olinadi. Yupqa qog’oz (shafof, yoki kalka qog’ozi) yordamida kartonga yoki charmga tushiriladi. So’ngra gulburi qaychi (tuyabo’yin) orqali qirqiladi. Mashg’ulot savol-javob, suhbat shaklida va amaliy ish tarzida olib boriladi, to’garak rahbari sinf taxtasidagi naqshni o’quvchilarga tushuntirib, ulardan kamida 4-5 tasini xohishiga qarab naqsh elementlarini chizdirib ko’riladi, kamchiliklar to’garak rahbari tomonidan to’g’irlanadi va maslahat beriladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling